17 milliard sömlik rağbat: xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalari ğoliblari hamda ularning ustozlari taqdirlandi
2026-11-21 18:55:00 / Vazirlik yangiliklari

Tadbir davomida xalqaro olimpiadalarda yuqori natijalarga erişgan öquvçilar hamda ularni tayyorlagan pedagoglarga belgilangan tartibda pul mukofotlari topşirildi.
➖ Ta’kidlanganidek, 2026-yilda Özbekiston öquvçilari 29 ta xalqaro olimpiadada iştirok etib, jami 257 ta medalni qölga kiritdi.
Şundan 44 tasi oltin, 93 tasi kumuş va 120 tasi bronza medallaridir.
Ta’kidlaş joiz, mamlakatimiz öquvçilarining xalqaro olimpiadalardagi natijalari yildan-yilga ösib borayotgani alohida qayd etildi.
📊 Jumladan, 2019-yilda 29 ta, 2020-yilda 26 ta, 2021-yilda 41 ta, 2022-yilda 45 ta, 2023-yilda 91 ta, 2024-yilda 128 ta va 2025-yilda 210 ta medal qölga kiritilgan.
📍 Hududlar kesimida eng köp medal Toşkent şahri öquvçilari hissasiga töğri kelib, ular 102 ta medalni qölga kiritgan.
Keyingi örinlarda Navoiy va Buxoro viloyatlari 23 tadan, Xorazm viloyati 16 ta hamda Namangan viloyati 15 ta medal bilan qayd etildi. Joriy yilda özbekistonlik yoşlar xalqaro maydonda bir qator tarixiy natijalarga ham erişdi.
Xususan, Qozoğistonda ötkazilgan Xalqaro sun’iy intellekt olimpiadasida ilk bor iştirok etib, 1 ta kumuş va 2 ta bronza medalini qölga kiritdi. Gresiyada bölib ötgan Xalqaro Bolqon matematika olimpiadasida 5 ta oltin medalga sazovor böldi.
