YUNESKOning Toşkentdagi 2-toifali mintaqaviy markazi faoliyatini yölga qöyiş masalalari Parijda muhokama qilindi
2026-11-18 15:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Uçraşuvda Toşkent şahrida YUNESKO şafeligida taşkil etilayotgan Erta yoşdagi bolalarga ğamxörlik va ta’lim böyiça 2-toifali mintaqaviy markazni işga tuşiriş masalalari muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, markazni taşkil etiş töğrisidagi bitim 2026-yil mart oyida Parij şahrida imzolangan, uning faoliyatining huquqiy asoslari esa Vazirlar Mahkamasining 2026-yil avgustdagi 446-sonli qarori bilan belgilangan. Markaz Markaziy Osiyo va keng mintaqada erta bolalik rivojlanişi böyiça bilim va tajriba almaşişning yetakçi platformasiga aylanişi közda tutilmoqda.
Uçraşuvda Özbekistonda maktabgaça ta’lim sohasida erişilgan natijalar ham alohida qayd etildi. Xususan, maktabgaça ta’lim bilan qamrov darajasi 78 foizga yetgani YUNESKOning 2026 yilgi Global ta’lim monitoringi hisobotida e’tirof etilgan.
Şuningdek, 2022-yilda Toşkent şahrida ötkazilgan Erta yoşdagi bolalarga ğamxörlik va ta’lim böyiça Butunjahon konferensiyasi va unda qabul qilingan Toşkent deklaratsiyasi uşbu yönalişdagi hamkorlikning muhim asosi bölgani ta’kidlandi.



