“Döstlik karvoni”: Nukusda turli hududlardan kelgan talaba-yoşlar jam böldi
2026-11-17 12:05:00 / Vazirlik yangiliklari

Dastlab, mehmonlar Nukus temir yöl vokzalida universitet rahbariyati, professor-öqituvçilar va talaba-yoşlar tomonidan samimiy qarşi olindi.
Şundan söng, universitetda taşkil etilgan uçraşuvda loyihaning yoşlar örtasida döstlik, hamjihatlik va hamkorlik aloqalarini rivojlantirişdagi ahamiyati tuşuntirildi. Şuningdek, universitet faoliyati va talabalar uçun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.
Tadbir turli oliy ta’lim taşkilotlari vakillarining tabrik va ezgu tilaklari, universitet talaba-yoşlari tomonidan tayyorlangan bayramona konsert dasturi bilan davom etdi. Kuy-qöşiqlar, raqslar va badiiy çiqişlar iştirokçilarga kötarinki kayfiyat ulaşdi.
“Döstlik karvoni” loyihasi turli hududlardagi talaba-yoşlar örtasida döstlik riştalarini mustahkamlaş, özaro fikr va tajriba almaşiş, hamkorlikni rivojlantiriş hamda mamlakatimizning boy tarixi va madaniyati bilan yaqindan tanişişga xizmat qiladi.









