Toşkent davlat tibbiyot universiteti Çirçiq filialida davlat-xususiy şeriklik asosida talabalar turar joyini barpo etiş loyihasi yuzasidan jamoatçilik muhokamasi e’loni
2026-11-16 09:00:00 / E’lonlar

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab oliş darajasini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi 563-sonli qarori qabul qilingan. Mazkur qarorda talabalar turar joylarini davlat-xususiy şeriklik asosida xususiy investitsiyalarni jalb qiliş orqali barpo etiş belgilangan.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.10.2024-yildagi "Davlat-xususiy şeriklik sohasini yanada takomillaştiriş hamda kompleks tizimlaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi 720-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat-xususiy şeriklik loyihalarini amalga oşiriş tartibi töğrisida”gi nizom 11-bandida aholining, tovarlarni (işlarni, xizmatlarni) iste’mol qiluvçilarning, ulardan foydalanuvçilarning manfaatlarini inobatga oliş maqsadida vakolatli davlat organining talabiga binoan DXŞ loyihasi jamoatçilik muhokamalari bilan birga tayyorlanişi lozimligi qayd etilgan.
Yuqoridagilardan kelib çiqib, Toşkent davlat tibbiyot universiteti Çirçiq filiali hududida davlat-xususiy şeriklik asosida talabalar turar joyi barpo etiş loyihasi (quyidagi ilova qilingan jadvalga qarang) işlab çiqilayotganligi ma’lum qilinadi.
Loyiha doirasida tadbirkorlik subyekti va Davlat budjeti mablağlari hisobidan 700 örinli talabalar turar joyi quriladi, Bunda, xususiy şerikka talabalar turar joylarini quriş uçun loyiha-smeta hujjatlari böyiça bir öringa töğri keladigan qiymatning 50 foizi, biroq bazaviy hisoblaş miqdorining 100 baravaridan ortiq bölmagan miqdorda subsidiya ajratiladi.
Loyiha doirasida xususiy şerik va budjet mablağlari hisobiga qurilgan talabalar turar joyi binosi 30 yildan söng davlat şerigiga soz holda qaytariladi.
Xususiy şerik 30 yil davomida talabalarga yotoq joy xizmatlarini körsatadi, talabalar turar joyini soz holda saqlaş va sifatli xizmat körsatiş xususiy şerik hisobidan amalga oşiriladi. Yotoq joy uçun talabalar tomonidan tölanadigan tölov miqdori davlat şerigi bilan kelişilgan holda örnatiladi. Loyiha joylaşuvi aniq koordinatlari – 11:20:40:02:02:0293

Mazkur loyiha yuzasidan fikr-mulohazalaringiz mavjud bölgan taqdirda, 2026-yil 26-noyabrga qadar quyidagi elektron manzillarga yuborişingiz mumkin:
1. Toşkent davlat tibbiyot universiteti Çirçiq filiali
Toşkent viloyati, Çirçiq şahri, Lomonosov köçasi 7-uy “Şodlik” MFY
Elektron poçta manzili: Website:https://tdtuchf.uz/e-mail: info@tdtuchf.uz
Telefon raqami: +998770790600
2. Ta’lim va ilm-fan vazirligi
100095, Toşkent şahri Talabalar köçasi 7-uy.
Elektron poçta manzili: devonxona@edu.uz
Telefon raqami: 55 520-08-08
Toşkent davlat tibbiyot universiteti Çirçiq filiali hududida davlat-xususiy şeriklik asosida talabalar turar joyi binosini loyihalaştiriş, quriş, jihozlaş, foydalaniş, xizmat körsatiş va qaytarişni taşkil etiş loyihasi töğrisida
MA’LUMOT
|
№ |
Asosiy körsatkiçlar |
Maʼlumotlar |
|
1. |
Loyihaning nomi
|
Toşkent davlat tibbiyot universiteti Çirçiq filiali hududida davlat-xususiy şeriklik asosida 700 örinli talabalar turar joyi binosini loyihalaş, quriş, jihozlaş, foydalaniş, xizmat körsatiş va qaytarişni taşkil etiş. |
|
2. |
Loyiha taraflarining nomi: Davlat şerigi:
Xususiy taşabbuskor: |
Toşkent davlat tibbiyot universiteti Çirçiq filiali
“Z-P-A” MÇJ |
|
3. |
Loyihaning faoliyat yönalişi |
Toşkent davlat tibbiyot universiteti Çirçiq filiali talabalari turar joy bilan taʼminlanadi. |
|
4. |
Loyihaning joylaşgan manzili |
Toşkent viloyati, Çirçiq şahri, Lomonosov köçasi |
|
5. |
Loyihani amalga oşiriş muddati |
2 yil. |
|
6. |
Loyihaning amal qiliş muddati |
30 yil.
|
|
7. |
Isteʼmolçilarga realizatsiya qilinadigan tovarlarning (işlarning, xizmatlarning) tariflari |
Talabalarga turar joyda yaşagani uçun oyiga |
|
8. |
Loyihaning umumiy qiymati |
62 404,5 mln söm
|
|
9. |
Davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş hajmi va turlari
|
Toşkent davlat tibbiyot universiteti Çirçiq filiali hududidan 0,3 ga yer maydoni vaqtinça foydalanişga beriladi; Vazirlar Mahkamasining 563-sonli qarorining 1(b)-bandiga muvofiq, xususiy şerikka talabalar turar joyini quriş uçun loyiha böyiça bitta yotoq örni hisobida talab etiladigan mablağning 50 foizi, yaʼni 30,8 mlrd söm miqdorda Davlat budjetidan subsidiya ajratiladi. |
