AQSh elchisi Inno Technopark’da innovatsion loyihalar bilan tanishdi
2026-11-14 10:10:00 / Vazirlik yangiliklari
AQShning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Jonatan Xenik Inno Technopark’ga tashrif buyurdi. Elchiga texnopark faoliyati, jumladan ishlab chiqarish uchastkasi va mahalliy ishlanmalar, xususan dron loyihasi taqdim etildi.

Tashrif doirasida elchi Uzcosmos agentligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan NASA International Space Apps Challenge 2026 xalqaro hakatonining milliy bosqichi ishtirokchilari bilan uchrashib, ular ishlab chiqayotgan loyihalar bilan tanishdi.
Hakatonda qariyb 100 ta jamoaga birlashgan 500 ga yaqin ishtirokchi qatnashmoqda. 2025-yilda esa 52 ta jamoadan 210 nafar ishtirokchi qatnashgan edi. Jamoalar 48 soat davomida NASA’ning ochiq ma’lumotlari asosida kosmos va Yerni o‘rganish, ma’lumotlar tahlili, sun’iy intellekt, astronomiya va barqaror rivojlanish yo‘nalishlarida yechimlar ishlab chiqib, hakamlar hay’atiga taqdim etadi.








