Kelajak kasbi maktab partasidan boşlanadi: öquvçilar tikuvçilik sirlarini örganmoqda
2026-11-13 17:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Umumta’lim maktablarida öquvçilarning nafaqat nazariy bilimlarini, balki amaliy könikmalarini ham rivojlantirişga alohida e’tibor qaratilmoqda. Texnologiya fani doirasida taşkil etilayotgan maşğulotlar yoşlarning turli kasb-hunarlarga bölgan qiziqişini oşiriş, ularni mehnat faoliyatiga tayyorlaş va mustaqil hayot uçun zarur könikmalarni şakllantirişga xizmat qilmoqda.

Xususan, Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 27-umumta’lim maktabida öquvçilar uçun zamonaviy tikuv maşinalari olib kelinib, tikuvçilik yönalişida amaliy maşğulotlar yölga qöyilgan.
Darslar davomida öquvçilar tikuv maşinalaridan foydalaniş, matolarni biçiş va tikişga tayyorlaş, turli çok turlarini bajariş, şuningdek, kundalik hayotda foydalaniladigan buyumlarni tikiş böyiça dastlabki bilim va könikmalarni egallamoqda. Eng muhimi, ular örgangan nazariy bilimlarini bevosita amaliyotda sinab körib, öz qöllari bilan turli buyumlar yaratiş imkoniyatiga ega bölmoqda.
Bunday maşğulotlar öquvçilarning kasb-hunarga qiziqişini kuçaytiradi, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi va kelajakda kerak böladigan mehnat könikmalarini şakllantiradi.


