“Kelajak tadbirkori – 2026”: yoşlar taşabbuslari va istiqbolli loyihalar muhokama markazida
2026-11-12 17:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Uçraşuv davomida yoşlarning istiqbolli biznes loyihalari, yangi iş örinlarini yaratiş, tadbirkorlik faoliyatini kengaytiriş, imtiyozli kredit va subsidiyalardan foydalaniş hamda mavjud muammolarni hal etiş masalalari muhokama qilindi.
Rahbarlar yoşlarning taklif va murojaatlarini tinglab, kötarilgan masalalarni örganiş va ularning qonuniy yeçimini ta’minlaş yuzasidan mas’ullarga tegişli vazifalar belgilab berdi.
Şuningdek, “Özmilliybank” AJning “Kelajakka qadam” markazi hamda Buxorodagi oliy ta’lim taşkilotlari mas’ullari iştirokida yoşlar bilan oçiq muloqot ötkazildi. Unda bitiruvçilar bandligini ta’minlaş, yoşlarni mehnat bozoriga tayyorlaş, ularning tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va biznes ğoyalarini amaliyotga tatbiq etiş imkoniyatlari muhokama qilindi.
Mazkur uçraşuvlar yoşlar, iş beruvçilar va mas’ul taşkilotlar örtasida bevosita hamkorlikni rivojlantirişga xizmat qilmoqda.








