“Taʼlim sifatini taʼminlash bo‘yicha mutaxassislar” kasbiy standarti loyihasi
2026-11-10 11:00:00 / E’lonlar

KASBIY STANDART
Taʼlim sifatini taʼminlash boʻyicha mutaxassislar
I. Umumiy maʼlumotlar
1. Kasbiy standartning qoʻllanilish sohasi: Ushbu kasbiy standart oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarida taʼlim sifatini ichki taʼminlash, monitoring, ichki baholash, sifat auditi va akkreditatsiyaga tayyorgarlik boʻyicha mehnat funksiyalari hamda malaka talablarini belgilaydi. Standart xodimlar malakasini baholash, lavozim yoʻriqnomalari va tegishli oʻquv dasturlarini ishlab chiqishda qoʻllaniladi. Kompleks davlat akkreditatsiyasida taʼlim tashkiloti, maxsus davlat akkreditatsiyasida esa taʼlim dasturi baholanadi. Oliy taʼlim tashkilotlarining ichki sifat tizimiga oid talablar tegishli ichki baholash uslubiyotining amaldagi tartibiga muvofiq qoʻllaniladi.
Ichki baholashni samarali tashkil etish va hisobotda keltirilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun toʻliq masʼuliyat taʼlim tashkilotining birinchi rahbari zimmasida boʻladi.
2. Ushbu kasbiy standartda quyidagi asosiy tushunchalar va atamalar qoʻllaniladi:
bilim – kasbiy faoliyat doirasidagi vazifalarni bajarish uchun zarur boʻladigan, oʻrganilgan va oʻzlashtirilgan maʼlumotlar;
koʻnikma – mehnat vazifasi doirasida alohida yoki majmuaviy harakatlarni amaliy va aqliy jihatdan bajarish qobiliyati;
kasb – koʻnikma va bilimlarni talab qiladigan muayyan funksiyalar va vazifalarni bajarish bilan bogʻliq faoliyat turi;
mehnat funksiyasi – kasbiy faoliyat doirasida xodim tomonidan belgilangan natijaga erishish uchun amalga oshiriladigan mehnat vazifalari majmui;
mehnat vazifasi – mehnat funksiyasi doirasida xodimga yuklanadigan ishning aniq turi;
taʼlim sifatini ichki taʼminlash – taʼlim tashkilotida sifat maqsadlarini belgilash, faoliyatni rejalashtirish, amalga oshirish, baholash va natijalar asosida uzluksiz takomillashtirish jarayonlari majmui;
ichki (oʻzini oʻzi) baholash – taʼlim tashkiloti oʻz faoliyatini belgilangan kutilma va mezonlar bilan dalillar asosida solishtirishi, kuchli tomonlar va boʻshliqlarni aniqlashi hamda ularni bartaraf etish va faoliyatni takomillashtirish choralarini belgilashi jarayoni;
ichki sifat auditi – taʼlim jarayonlari va ularni tasdiqlovchi dalillarning belgilangan talablarga muvofiqligini xolis tekshirish jarayoni boʻlib, uning natijalari ichki baholash uchun dalil sifatida foydalaniladi, ammo ichki baholash hisobotining oʻrnini bosmaydi;
sifat madaniyati – taʼlim sifati uchun umumiy javobgarlik, dalillarga asoslangan qarorlar va uzluksiz takomillashtirishga yoʻnaltirilgan qadriyatlar hamda amaliyotlar majmui;
sifat indikatori – aniq taʼrif, maʼlumot manbasi hamda hisoblash yoki tekshirish usuliga ega boʻlgan miqdoriy yoxud sifat koʻrsatkichi; tashkilotning ichki monitoring koʻrsatkichlari vakolatli organ tasdiqlagan akkreditatsiya indikatorlarini almashtirmaydi;
monitoring – taʼlim sifati koʻrsatkichlari va chora-tadbirlar bajarilishini muntazam kuzatish, maʼlumotlarni yigʻish, solishtirish va tahlil qilish jarayoni;
akkreditatsiyaga tayyorgarlik – taʼlim tashkiloti yoki dasturini tegishli baholash mezonlari asosida ichki baholash, hisobot va dalillarni tayyorlash, kamchiliklarni bartaraf etish hamda tashqi baholashga taqdim etishga tayyorlash faoliyati;
xavf – taʼlim sifati maqsadlari va belgilangan natijalarga erishishga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan noaniqlik yoki hodisa;
kutilma – oliy taʼlimda ichki baholash uslubiyotiga muvofiq taʼlim sifatini ichki taʼminlashning tegishli yoʻnalishida erishilishi lozim boʻlgan natija;
dalil – kutilma yoki mezon bajarilayotganini tekshirish va tasdiqlash imkonini beradigan hujjat, maʼlumot yoki qayd etilgan kuzatuv natijasi;
boʻshliq – kutilmaning bajarilmasligi, yaʼni tegishli tizim yoki tartib mavjud emasligi, qoʻllanmasligi yoki belgilangan natijani bermasligi;
ichki baholash holati – tegishli yoʻnalish boʻyicha dalillar asosida belgilanadigan “kuchli tomon”, “ishlaydi”, “qisman ishlaydi”, “boʻshliq”, “tasdiqlanmagan” yoki asoslangan “tatbiq etilmaydi” holati boʻlib, akkreditatsiya bahosi hisoblanmaydi;
kollegial organ – taʼlim tashkilotining ilmiy (pedagogik) kengashi yoki ustavda taʼlim sifati masalalarini koʻrib chiqish vakolati berilgan boshqa kollegial organ;
norasmiy taʼlim – taʼlim xizmatlari taqdim etilishini taʼminlovchi shaxs yoki tashkilot tomonidan institutsionallashtirilgan, aniq maqsadga yoʻnaltirilgan va rejalashtirilgan, shaxsni butun hayoti davomida oʻqitishdagi rasmiy taʼlimga qoʻshimcha va (yoki) uning muqobil shakli;
informal taʼlim – aniq maqsadga yoʻnaltirilgan, ammo institutsionallashtirilmagan, rasmiy yoki norasmiy taʼlimga nisbatan kamroq tashkillashtirilgan va tarkiblashtirilgan hamda oiladagi, ish joyidagi, yashash joyidagi va kundalik hayotdagi oʻquv faoliyatini oʻz ichiga olgan taʼlim shakli;
akkreditatsiya boʻyicha vakolatli organ (keyingi oʻrinlarda – vakolatli organ) – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi; tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish va ixtisoslashtirish hamda rezidentura boʻyicha kadrlar tayyorlash faoliyati doirasida – Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi.
3. Kasbiy standartni ishlab chiqishning normativ va uslubiy asoslari:
Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi OʻRQ-637-son Qonuni.
Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-547-son Qonuni.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi “Taʼlim sifatini taʼminlash va taʼlim xizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-76-son Farmoni.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi “Oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini kompleks hamda maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi 498-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF-191-son Farmoni bilan kiritilgan oʻzgartishlar hisobga olingan holda).
Oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifatini ichki taʼminlash boʻyicha uslubiyot (tasdiqlangach, uning amaldagi tahriri).
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-345-son qarori.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini tartibga solishga qaratilgan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 369-son qarori.
OʻzMSt 641:2025 “Mashgʻulotlarning milliy klassifikatori (MMK-2025)”.
OʻzMSt 640:2025 “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy faoliyat turlari tasniflagichi (IFUT-2.1)”.
Vakolatli organ tasdiqlagan ichki va tashqi baholash metodologiyasi, akkreditatsiya mezonlari va indikatorlarining amaldagi tahriri qoʻllanadi. Tashkilotning ichki monitoring koʻrsatkichlari va xorijiy tavsiyalar milliy akkreditatsiya talablarini almashtirmaydi.
4. Ushbu kasbiy standartda quyidagi qisqartirishlar qoʻllaniladi:
MMR – Milliy malakalar ramkasi;
TMR – Tarmoq malaka ramkasi;
IFUT-2.1 – Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy faoliyat turlari tasniflagichi;
MMK – Mashgʻulotlarning milliy klassifikatori;
PDCA – rejalashtirish, bajarish, tekshirish va takomillashtirish sikli;
KPI – Key Performance Indicator (asosiy natijadorlik koʻrsatkichi);
ESG – Yevropa oliy taʼlim hududida sifatni taʼminlash standartlari va yoʻriqnomalari;
EQAVET – kasbiy taʼlim va oʻqitish sifatini taʼminlash boʻyicha Yevropa tavsiyaviy ramkasi;
ISO – Xalqaro standartlashtirish tashkiloti.
II. Kasbiy standartning pasporti
|
Kasbiy standartning nomi: |
Taʼlim sifatini taʼminlash boʻyicha mutaxassislar |
||
|
2. |
Kasbiy faoliyatning asosiy maqsadi: |
Taʼlim tashkiloti va taʼlim dasturlari sifatini ichki baholash, doimiy monitoring orqali sifatga taʼsir etuvchi omillarni aniqlash, tashkilot va dasturlarni davlat akkreditatsiyasiga tayyorlash, natijalar boʻyicha rahbariyat va vakolatli organ uchun tahliliy axborot tayyorlash hamda takomillashtirish choralarining samaradorligini baholash orqali taʼlim sifatini uzluksiz oshirish. |
|
|
3. |
IFUT boʻyicha seksiya, boʻlim, guruh, sinf va kichik sinf: |
Q seksiya — Taʼlim. 85.59 / 85.59.0 — Boshqa toifalarga kiritilmagan taʼlimning boshqa turlari (qayta tayyorlash va malaka oshirish faoliyatiga tatbiq etiladigan qismi). |
|
|
4. |
Kasbiy standartning qisqacha mazmuni: |
Mazkur kasbiy standart taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifatini taʼminlash bilan shugʻullanuvchi xodimlar – yetakchi mutaxassis, bosh mutaxassis va boʻlim boshligʻi uchun moʻljallangan. Unda bu xodimlar qanday ishlarni bajarishi va ularga qanday malaka talablari qoʻyilishi belgilangan. Standartdan xodimlarni ishga olish, malakasini baholash, lavozim yoʻriqnomasi va oʻquv dasturlarini tuzishda foydalaniladi. |
|
|
5. |
Qamrab olingan kasblar roʻyxati va malaka darajasi: |
Kasb kodi va nomi: |
TMRdagi malaka darajasi: |
|
Taʼlim sifatini taʼminlash boʻyicha yetakchi mutaxassis |
6 |
||
|
Taʼlim sifatini taʼminlash boʻyicha bosh mutaxassis |
6 |
||
|
Taʼlim sifatini taʼminlash boʻlimi boshligʻi |
7 |
||
III. Kasbiy faoliyat turining funksional xaritasi
|
Kasblar |
Mehnat funksiyalari |
Mehnat vazifalari |
|||
|---|---|---|---|---|---|
|
T/r |
Kodi va nomi: |
Kodi |
Nomi |
Kodi |
Nomi |
|
1 |
Taʼlim sifatini taʼminlash boʻyicha yetakchi mutaxassis |
A1.6 |
Taʼlim sifati monitoringi maʼlumotlarini yigʻish va hisobini yuritish |
A1.01.6 |
Sifat koʻrsatkichlari boʻyicha dastlabki maʼlumotlarni yigʻish va tartibga solish |
|
A1.02.6 |
Maʼlumotlarning toʻliqligi va ishonchliligini birlamchi tekshirish |
||||
|
A2.6 |
Ichki baholash va sifat auditiga tashkiliy-axborot tayyorgarligini taʼminlash |
A2.01.6 |
Baholash mezonlari boʻyicha hujjat va dalillarni jamlash |
||
|
A2.02.6 |
Ichki baholash va audit boʻyicha ishchi materiallarni rasmiylashtirish |
||||
|
A3.6 |
Manfaatdor tomonlardan qayta aloqa maʼlumotlarini yigʻish va umumlashtirish |
A3.01.6 |
Taʼlim oluvchilar, bitiruvchilar, pedagoglar va ish beruvchilar fikrini yigʻish |
||
|
A3.02.6 |
Soʻrov va murojaatlar boʻyicha dastlabki tahliliy maʼlumotlarni tayyorlash |
||||
|
A4.6 |
Sifatni takomillashtirish choralari ijrosini kuzatish va hisobga olish |
A4.01.6 |
Chora-tadbirlar rejasining ijro holati boʻyicha maʼlumotlarni yigʻish |
||
|
A4.02.6 |
Ijro dalillarini tizimlashtirish va kechikishlar haqida axborot tayyorlash |
||||
|
A5.6 |
Sifat hujjatlari va akkreditatsiyaga tayyorgarlik materiallarini yuritish |
A5.01.6 |
Ichki baholash hujjatlari va dalillar reyestrini yangilab borish |
||
|
A5.02.6 |
Akkreditatsiya jarayoni uchun hujjatlar jamlanmasini texnik tayyorlash |
||||
|
2 |
Taʼlim sifatini taʼminlash boʻyicha bosh mutaxassis |
B1.6 |
Ichki baholash va sifat auditini oʻtkazish |
B1.01.6 |
Ichki baholash kutilmalari va akkreditatsiya mezonlarini dalillar bilan bogʻlovchi xarita tuzish |
|
B1.02.6 |
Taʼlim jarayonlari va xizmatlar sifatini ichki baholash hamda sifat auditini oʻtkazish |
||||
|
B2.6 |
Taʼlim sifati koʻrsatkichlarini monitoring qilish va tahlil etish |
B2.01.6 |
Taʼlim sifati boʻyicha maʼlumotlarni yigʻish va ularning ishonchliligini tekshirish |
||
|
B2.02.6 |
Sifat indikatorlari boʻyicha ogʻishlar va tendensiyalarni tahlil qilish |
||||
|
B3.6 |
Manfaatdor tomonlar fikrini oʻrganish va sifat muammolarini aniqlash |
B3.01.6 |
Taʼlim oluvchi, bitiruvchi, pedagog va ish beruvchilar fikrini oʻrganish |
||
|
B3.02.6 |
Murojaatlar, shikoyatlar va qayta aloqa maʼlumotlarini tahlil qilish |
||||
|
B4.6 |
Tuzatish va takomillashtirish choralarini ishlab chiqish hamda ularning ijrosini kuzatish |
B4.01.6 |
Audit va monitoring natijalari boʻyicha chora-tadbirlar rejasi loyihasini tuzish |
||
|
B4.02.6 |
Tuzatish va takomillashtirish choralarining bajarilishini hamda samaradorligini tekshirish |
||||
|
B5.6 |
Sifat hujjatlari va akkreditatsiyaga tayyorgarlik materiallarini tayyorlash |
B5.01.6 |
Ichki baholash hisoboti va dalillar reyestrini yuritish |
||
|
B5.02.6 |
Davlat akkreditatsiyasi va tashqi baholash uchun materiallarni shakllantirish |
||||
|
3 |
Taʼlim sifatini taʼminlash boʻlimi boshligʻi |
D1.7 |
Taʼlim sifatini ichki taʼminlash siyosatini ishlab chiqish va uning joriy etilishini muvofiqlashtirish |
D1.01.7 |
Ichki sifat siyosati, maqsadlari va tamoyillarini ishlab chiqish |
|
D1.02.7 |
Ichki sifat jarayonlari, reglamentlari va javobgarlik taqsimotini takomillashtirish |
||||
|
D2.7 |
Sifat maqsadlari, indikatorlari va xavflarini rejalashtirish hamda baholash |
D2.01.7 |
Sifat indikatorlari tizimi va yillik monitoring rejasini ishlab chiqish |
||
|
D2.02.7 |
Taʼlim sifati xavflarini baholash va ustuvor takomillashtirish yoʻnalishlarini belgilash |
||||
|
D3.7 |
Ichki baholash va sifat auditini rejalashtirish, tashkil etish va natijalarini baholash |
D3.01.7 |
Xavfga asoslangan yillik ichki audit dasturini ishlab chiqish va auditorlar faoliyatini muvofiqlashtirish |
||
|
D3.02.7 |
Audit natijalarini baholash va tizimli takomillashtirish choralarini ishlab chiqish |
||||
|
D4.7 |
Sifat madaniyatini rivojlantirish va manfaatdor tomonlar ishtirokini tashkil etish |
D4.01.7 |
Sifat madaniyatini rivojlantirish boʻyicha oʻqitish va kommunikatsiya tadbirlarini ishlab chiqish |
||
|
D4.02.7 |
Manfaatdor tomonlar fikrini tahlil qilish va qarorlar loyihasiga kiritish |
||||
|
D5.7 |
Taʼlim tashkilotini akkreditatsiya va tashqi baholashga tayyorlashni muvofiqlashtirish |
D5.01.7 |
Akkreditatsiyaga ichki tayyorgarlik rejasi va dalillar tizimini ishlab chiqish |
||
|
D5.02.7 |
Tashqi baholash natijalari boʻyicha kamchiliklarni bartaraf etish dasturini ishlab chiqish va ijrosini baholash |
||||
|
D6.7 |
Sifat maʼlumotlarini tahlil qilish va rahbariyat uchun tahliliy hisobotlar tayyorlash |
D6.01.7 |
Sifat maʼlumotlari tizimi va koʻrsatkichlar panelini loyihalash |
||
|
D6.02.7 |
Rahbariyat uchun integratsiyalashgan sifat hisobotlari va takliflarni tayyorlash |
||||
|
D7.7 |
Boʻlim faoliyatini rejalashtirish, xodimlarni rivojlantirish va sifat tizimini takomillashtirish |
D7.01.7 |
Boʻlim ishini rejalashtirish, vazifalarni taqsimlash va xodimlar faoliyatini baholash |
||
|
D7.02.7 |
Ilgʻor tajriba asosida sifat tizimini takomillashtirish takliflarini ishlab chiqish |
||||
IV. Kasblar kartasi va mehnat funksiyalari tavsifi
|
Kasbning nomi: |
Taʼlim sifatini taʼminlash boʻyicha yetakchi mutaxassis |
|
|
Mashgʻulot nomining kodi: |
23510 |
|
|
TMR boʻyicha malaka darajasi: |
6 |
|
|
Malakani baholashga qoʻyiladigan talablar: |
Malakani baholash markazida tavsiya etilmaydi. |
|
|
Amaliy tajriba (ish staji)ga qoʻyilgan talablar: |
Taʼlim sohasida maʼlumotlar yoki hujjatlar bilan ishlash boʻyicha kamida 1 yillik amaliy tajriba. |
|
|
Layoqatiga va shaxsiy kompetensiyalarga qoʻyilgan talablar: |
Tartiblilik, tahliliy fikrlash, hujjatlar va raqamli maʼlumotlar bilan ishlash, mustaqil rejalashtirish, jamoada hamkorlik qilish, xolislik, aniqlik, maxfiylik va xizmat odobiga rioya etish. |
|
|
Taʼlim darajasiga qoʻyilgan talablar: |
Bakalavriat |
|
|
Norasmiy va informal taʼlim bilan bogʻliqligi: |
- |
|
|
Kasbiy standartlar reyestrida mavjudligi: |
- |
|
|
Kasbning boshqa mumkin boʻlgan nomlari: |
- |
|
|
Boshqa kasblar bilan aloqadorligi: |
TMR boʻyicha malaka darajasi: |
Kasbning nomi: |
|
6 |
Taʼlim sifatini taʼminlash boʻyicha bosh mutaxassis |
|
|
7 |
Taʼlim sifatini taʼminlash boʻlimi boshligʻi |
|
|
Mehnat funksiyalarining tavsifi |
||
|---|---|---|
|
Kodi va nomi |
Mehnat vazifalari |
|
|
A1.6 — Taʼlim sifati monitoringi maʼlumotlarini yigʻish va hisobini yuritish |
A1.01.6 – Sifat koʻrsatkichlari boʻyicha dastlabki maʼlumotlarni yigʻish va tartibga solish |
Oʻqitish natijalari |
|
Mehnat harakatlari: |
||
|
1. Tasdiqlangan monitoring rejasi asosida taʼlim dasturlari, pedagog kadrlar, taʼlim oluvchilar va resurslar, oliy taʼlimda esa kursdan kursga oʻtish, oʻqishni tark etish, oʻz vaqtida bitirish hamda fanlarni oʻzlashtirish indikatorlari boʻyicha birlamchi maʼlumotlarni soʻrash. |
||
|
2. Olingan maʼlumotlarni taʼlim turi, dastur, davr va masʼul boʻlinma kesimida elektron jadval yoki axborot tizimiga kiritish. |
||
|
3. Har bir indikator boʻyicha maʼlumot manbasi, hisobot davri, oʻlchov birligi, masʼul shaxs, tegishli dastur va qamrab olingan guruhlarni qayd etish. |
||
|
Koʻnikmalar: |
||
|
Tasdiqlangan indikatorlar boʻyicha birlamchi maʼlumotlarni toʻplay va tasniflay olish |
||
|
Elektron jadvallarda maʼlumotlarni guruhlay, saralay va yangilay olish |
||
|
Koʻrsatkichlarni tegishli tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻlay olish |
||
|
Bilimlar: |
||
|
Taʼlim sifati indikatorlarining maqsadi va maʼlumot manbalari |
||
|
Monitoring rejasi va hisobot davriyligiga qoʻyiladigan talablar |
||
|
Maʼlumotlarni roʻyxatga olish va elektron hujjat aylanishi qoidalari |
||
|
A1.02.6 – Maʼlumotlarning toʻliqligi va ishonchliligini birlamchi tekshirish |
Mehnat harakatlari: |
|
|
1. Olingan maʼlumotlarning belgilangan shakl, qamrov va muddatga muvofiqligini tekshirish. |
||
|
2. Maʼlumotlardagi takrorlar, boʻsh kataklar, hisoblash xatolari va manbalar oʻrtasidagi tafovutlarni aniqlashtirish uchun masʼullarga yuborish hamda kiritilgan tuzatishning oldingi qiymati, sababi, sanasi va masʼul shaxsini qayd etish. |
||
|
3. Tekshirish natijalarini qayd etish hamda hal etilmagan tafovutlarni masʼul mutaxassis yoki bevosita rahbarga maʼlum qilish. |
||
|
4. Aniqlangan tafovutlarning ehtimoliy sabablarini mustaqil tahlil qilish va ularni bartaraf etish boʻyicha taklif tayyorlash. 5. Mavjud boʻlmagan maʼlumotni nol qiymat bilan almashtirmaslik; maʼlumot yetishmaganda uning sababi, qamrov cheklovi va toʻldirish chorasini qayd etish. |
||
|
Koʻnikmalar: |
||
|
Maʼlumotlarning aniqligi, toʻliqligi va izchilligini tekshira olish |
||
|
Birlamchi hisob-kitob va oddiy solishtirish usullaridan foydalana olish |
||
|
Aniqlangan nomuvofiqliklar boʻyicha dalillarga asoslangan izoh tayyorlay olish |
||
|
Bilimlar: |
||
|
Maʼlumotlar sifati mezonlari va manbani tekshirish tartibi |
||
|
Indikatorlarni hisoblashning tasdiqlangan formulalari |
||
|
Shaxsga doir maʼlumotlar va cheklangan axborotni himoya qilish talablari |
||
|
Masʼuliyat va mustaqillik: |
1. Yigʻilgan monitoring maʼlumotlarining oʻz vaqtida va manbasi bilan qayd etilishi uchun javob beradi. |
|
|
2. Tasdiqlangan shakl va metodikaga muvofiq maʼlumotlarni mustaqil yigʻadi hamda dastlabki tekshiruvdan oʻtkazadi. |
||
|
3. Tekshirilmagan yoki yetishmayotgan maʼlumotni tasdiqlangan koʻrsatkich sifatida taqdim etmaydi. |
||
|
4. Aniqlangan jiddiy tafovutlar va maʼlumot yetishmovchiligi haqida masʼul mutaxassis yoki bevosita rahbarga axborot beradi. |
||
|
A2.6 — Ichki baholash va sifat auditiga tashkiliy-axborot tayyorgarligini taʼminlash |
A2.01.6 – Baholash mezonlari boʻyicha hujjat va dalillarni jamlash |
Mehnat harakatlari: |
|
1. Masʼul mutaxassis belgilagan kutilma yoki mezon–dalil xaritasi asosida tegishli boʻlinmalardan hujjatlarni hamda tartiblarning amalda qoʻllanayotganini tasdiqlovchi dalillarni yigʻish. |
||
|
2. Hujjatlarni baholash yoʻnalishi, mezon, manba, sana va versiyasi boʻyicha tartibga keltirish. |
||
|
3. Yetishmayotgan, eskirgan yoki tasdiqlanmagan dalillar roʻyxatini tuzib, masʼul mutaxassis yoki bevosita rahbarga taqdim etish. |
||
|
Koʻnikmalar: |
||
|
Baholash mezonini hujjat va dalillar bilan bogʻlay olish |
||
|
Dalillarni toʻliqligi hamda amal qilish holati boʻyicha tekshira olish |
||
|
Hujjatlarni elektron reyestr va papkalarda tartibli saqlay olish |
||
|
Bilimlar: |
||
|
Ichki baholash uslubiyotidagi yoʻnalishlar, kutilmalar va dalillar hamda tegishli taʼlim turining akkreditatsiya mezonlari |
||
|
Kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasining baholash obyektlari oʻrtasidagi farqlar |
||
|
Hujjat versiyalarini nazorat qilish va dalillar reyestrini yuritish tartibi |
||
|
A2.02.6 – Ichki baholash va audit boʻyicha ishchi materiallarni rasmiylashtirish |
Mehnat harakatlari: |
|
|
1. Tasdiqlangan audit yoki ichki baholash dasturiga muvofiq ishchi jadvallar, tekshiruv roʻyxatlari va maʼlumotnomalarni tayyorlash. |
||
|
2. Tekshiruv davomida koʻrilgan hujjatlar, kuzatuvlar va suhbatlar boʻyicha qaydlarni, tanlanma qoʻllanganda esa uning mezoni, umumiy toʻplami, hajmi va qamrab olingan guruhlarni belgilangan shaklda rasmiylashtirish. |
||
|
3. Topilgan kamchiliklar boʻyicha fakt va dalillarni umumlashtirib, dastlabki maʼlumotni masʼul mutaxassis yoki bevosita rahbarga kiritish. |
||
|
Koʻnikmalar: |
||
|
Tekshiruv roʻyxati va qaydnomalarni toʻldira olish |
||
|
Faktik holat va baholovchi xulosani ajrata olish |
||
|
Audit ishchi materiallarini dalil bilan asoslangan shaklda tayyorlay olish |
||
|
Bilimlar: |
||
|
Ichki baholash va sifat auditi bosqichlari |
||
|
Audit dalillarini qayd etish hamda tanlanma asoslari |
||
|
Xolislik, maxfiylik va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish talablari |
||
|
Masʼuliyat va mustaqillik: |
1. Yigʻilgan dalillarning manbasi, davri va versiyasini aniq koʻrsatish uchun javob beradi. |
|
|
2. Tasdiqlangan audit topshirigʻi doirasida ishchi hujjatlarni mustaqil tayyorlaydi. |
||
|
3. Ichki baholash yakuniy xulosasi va audit dasturini tasdiqlash vakolatiga ega emas. |
||
|
4. Aniqlangan nomuvofiqliklarni yashirmasdan, masʼul mutaxassis yoki bevosita rahbarga dalillar bilan taqdim etadi. |
||
|
A3.6 — Manfaatdor tomonlardan qayta aloqa maʼlumotlarini yigʻish va umumlashtirish |
A3.01.6 – Taʼlim oluvchilar, bitiruvchilar, pedagoglar va ish beruvchilar fikrini yigʻish |
Mehnat harakatlari: |
|
1. Tasdiqlangan reja asosida soʻrovnoma, suhbat yoki fokus-guruh oʻtkazilishini tashkil etish hamda oliy taʼlimda kechki, masofaviy va alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan talabalar fikri qamrab olinishini kuzatish. |
||
|
2. Respondentlar qamrovi va guruhlar boʻyicha kelib tushgan javoblarni tizimlashtirish, maxfiylikni saqlash. |
||
|
3. Toʻldirilmagan savollar, bir xil javoblar va tanlanma cheklovlarini aniqlab, masʼul mutaxassisga xabar berish. 4. Soʻrovnomada ishtirok ixtiyoriyligini taʼminlash; natija bilan birga taklif etilganlar soni, javoblar soni, javob berish ulushi va cheklovlarni qayd etish. |
||
|
Koʻnikmalar: |
||
|
Elektron va yozma soʻrovnomalar bilan ishlay olish |
||
|
Respondentlar javobini toʻgʻri kodlay va guruhlay olish |
||
|
Shaxsga doir maʼlumotlarni oshkor qilmasdan natijalarni jamlay olish |
||
|
Bilimlar: |
||
|
Soʻrovnoma oʻtkazish tartibi va tanlanmaning asosiy talablari |
||
|
Manfaatdor tomonlar guruhlari va ularning taʼlim sifati bilan bogʻliqligi |
||
|
Respondent maxfiyligi, xolislik va axborot xavfsizligi qoidalari |
||
|
A3.02.6 – Soʻrov va murojaatlar boʻyicha dastlabki tahliliy maʼlumotlarni tayyorlash |
Mehnat harakatlari: |
|
|
1. Soʻrov natijalarining soni, ulushi va asosiy takrorlanuvchi mavzularini belgilangan shaklda hisoblash. |
||
|
2. Sifatga oid murojaat va shikoyatlarni mavzu, manba, koʻrib chiqish holati va koʻrilgan choralar boʻyicha shaxsga doir maʼlumotlarni oshkor qilmagan holda guruhlash. |
||
|
3. Aniqlangan muammolar, ijobiy fikrlar va cheklovlar boʻyicha qisqa maʼlumotnoma tayyorlab, masʼul mutaxassis yoki bevosita rahbarga taqdim etish. 4. Tasdiqlangan usullar orasidan maʼlumot turiga mos tahlil usulini tanlash va tanlovni asoslash. |
||
|
Koʻnikmalar: |
||
|
Javoblar ulushi va oddiy taqqoslash koʻrsatkichlarini hisoblay olish |
||
|
Murojaatlarni mavzu va takrorlanish darajasi boʻyicha tasniflay olish |
||
|
Natijalarni jadval yoki diagrammada aniq bayon eta olish |
||
|
Bilimlar: |
||
|
Soʻrov natijalarini dastlabki qayta ishlash usullari |
||
|
Murojaatlarni hisobga olish va yoʻnaltirishning ichki tartibi |
||
|
Alohida fikr va tizimli muammoni farqlash tamoyillari |
||
|
Masʼuliyat va mustaqillik: |
1. Soʻrov va murojaat maʼlumotlarini oʻzgartirmasdan hamda xolis qayd etish uchun javob beradi. |
|
|
2. Tasdiqlangan soʻrov metodikasi va ichki tartib doirasida mustaqil ishlaydi. |
||
|
3. Respondentlarni aniqlash imkonini beruvchi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlaydi. |
||
|
4. Jiddiy murojaat yoki takroriy muammo aniqlanganda uni vakolatli rahbarga koʻrib chiqish uchun yetkazadi. |
||
|
A4.6 — Sifatni takomillashtirish choralari ijrosini kuzatish va hisobga olish |
A4.01.6 – Chora-tadbirlar rejasining ijro holati boʻyicha maʼlumotlarni yigʻish |
Mehnat harakatlari: |
|
1. Chora-tadbirlar rejasi boʻyicha vazifa, ijrochi, muddat, resurs, kutilayotgan natija va ijroni tekshirish usulini monitoring jadvaliga kiritish. |
||
|
2. Masʼul boʻlinmalardan bajarilgan ishlar, hujjatlar va ijro holati boʻyicha axborotni belgilangan davriylikda olish. |
||
|
3. Vazifalar ijrosi holatini tasdiqlovchi materiallar bilan bogʻlab yangilash, bajarilmagan bandlarni alohida ajratish. |
||
|
Koʻnikmalar: |
||
|
Ijro monitoringi reyestri va jadvalini yurita olish |
||
|
Vazifa ijrosini dalil va belgilangan muddat bilan solishtira olish |
||
|
Ijro holati boʻyicha tezkor jamlanma maʼlumot tayyorlay olish |
||
|
Bilimlar: |
||
|
Chora-tadbirlar rejasining tarkibi va ijro nazorati qoidalari |
||
|
Ichki audit hamda monitoring natijalari boʻyicha tuzatish choralari |
||
|
Bajarilishni tasdiqlovchi dalillarga qoʻyiladigan asosiy talablar |
||
|
A4.02.6 – Ijro dalillarini tizimlashtirish va kechikishlar haqida axborot tayyorlash |
Mehnat harakatlari: |
|
|
1. Belgilangan muddatlarda taqdim etilgan ijro hujjatlarini jamlash va tegishli bandga biriktirish. |
||
|
2. Muddatidan kechikkan yoki dalillari yetarli boʻlmagan vazifalarni aniqlash hamda muddat oʻzgartirilgan taqdirda ham dastlabki kechikish haqidagi qaydni saqlash. |
||
|
3. Ijro holati boʻyicha qisqa tahliliy jadval va muammoli bandlar roʻyxatini masʼul mutaxassis yoki bevosita rahbarga taqdim etish. |
||
|
4. Oʻz yoʻnalishi boʻyicha ijro holati yuzasidan qisqa xulosa va takomillashtirish takliflarini tayyorlash. |
||
|
Koʻnikmalar: |
||
|
Ijro dalillari toʻliqligini tekshira olish |
||
|
Muddat buzilishi va takroriy kechikishlarni aniqlay olish |
||
|
Vazifalar ijrosi boʻyicha asoslangan hisobot jadvalini tuza olish |
||
|
Bilimlar: |
||
|
Ijro nazorati va hisobot berish muddatlari |
||
|
Kamchilikni bartaraf etish va chora samaradorligi oʻrtasidagi farq |
||
|
Ijro hujjatlari hamda elektron arxivni yuritish qoidalari |
||
|
Masʼuliyat va mustaqillik: |
1. Ijro monitoringi jadvalidagi qaydlar oʻz vaqtida yangilanishi uchun javob beradi. |
|
|
2. Tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi doirasida ijro materiallarini mustaqil jamlaydi. |
||
|
3. Dalilsiz bajarilgan deb qayd etmaydi; choraning yakuniy samaradorligini masʼul mutaxassis yoki vakolatli rahbar baholaydi. |
||
|
4. Ijro muddati buzilgan yoki asosiy dalil yetishmagan holatlarda masʼul mutaxassis yoki bevosita rahbarni xabardor qiladi. |
||
|
A5.6 — Sifat hujjatlari va akkreditatsiyaga tayyorgarlik materiallarini yuritish |
A5.01.6 – Ichki baholash hujjatlari va dalillar reyestrini yangilab borish |
Mehnat harakatlari: |
|
1. Sifatni taʼminlashga oid reja, bayonnoma, hisobot va dalillarni belgilangan nomenklatura asosida roʻyxatdan oʻtkazish. |
||
|
2. Hujjatlarning sanasi, tasdiqlovchi shaxsi, versiyasi, saqlanish manzili va muddatini reyestrda qayd etish hamda shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish tartibiga rioya etish. |
||
|
3. Ichki baholash hisoboti uchun zarur hujjatlarni mezonlar boʻyicha saralab, toʻliqlik holatini qayd etish. 4. Vakolatli organ belgilagan hujjat va maʼlumotlarni uning axborot tizimiga (platformasiga) belgilangan muddatlarda joylashtirish. |
||
|
Koʻnikmalar: |
||
|
Hujjatlarni mezonlar boʻyicha tartibga keltira olish |
||
|
Elektron dalillar reyestri va arxivdan foydalana olish |
||
|
Hujjat versiyasi, amal qilish muddati va tasdiqlanganligini tekshira olish |
||
|
Bilimlar: |
||
|
Ichki baholash hisoboti va uning dalillariga qoʻyiladigan talablar |
||
|
Hujjatlar nomenklaturasi, versiyalash va arxivlash tartibi |
||
|
Elektron hujjat aylanishi va maxfiylik talablari |
||
|
A5.02.6 – Akkreditatsiya jarayoni uchun hujjatlar jamlanmasini texnik tayyorlash |
Mehnat harakatlari: |
|
|
1. Tasdiqlangan akkreditatsiya tayyorgarlik rejasiga muvofiq talab etiladigan hujjatlar roʻyxatini yuritish. |
||
|
2. Dalil fayllarining nomi, formati, izchilligi va ilovalari mavjudligini tekshirish hamda platformaga avval joylangan materiallar uchun takror fayl tayyorlamasdan tegishli havolalarni jamlash. |
||
|
3. Jamlanma materiallardagi yetishmovchiliklarni qayd etib, masʼul mutaxassis yoki bevosita rahbarga topshirish uchun elektron papka va roʻyxatlarni tayyorlash. |
||
|
Koʻnikmalar: |
||
|
Akkreditatsiya uchun hujjatlar jamlanmasini tuza olish |
||
|
Fayl formatlari, roʻyxatlar va ilovalarni nazorat qila olish |
||
|
Hujjatlarni qidiriladigan va tekshiriladigan shaklda taqdim etishga tayyorlay olish |
||
|
Bilimlar: |
||
|
Davlat akkreditatsiyasi bosqichlari va hujjatlar tarkibi, shuningdek, ichki baholash hisobotining tashqi baholash oʻrnini bosmasligi |
||
|
Ichki baholash hisoboti hamda tashqi baholash uchun dalillarni tayyorlash tartibi |
||
|
Vakolat, hujjatlarni tasdiqlash va rasmiy taqdim etishning ichki tartibi |
||
|
Masʼuliyat va mustaqillik: |
1. Dalillar reyestri va tayyorlangan hujjat jamlanmasining toʻliqligi hamda izchilligi uchun javob beradi. |
|
|
2. Tasdiqlangan roʻyxat va topshiriq doirasida hujjatlarni mustaqil tizimlashtiradi. |
||
|
3. Ichki baholash hisobotini tasdiqlamaydi va akkreditatsiya boʻyicha rasmiy qaror qabul qilmaydi. |
||
|
4. Yetishmayotgan yoki notoʻgʻri rasmiylashtirilgan hujjatlar haqida masʼul mutaxassis yoki bevosita rahbarga maʼlumot beradi. |
||
|
Texnik va/yoki texnologik talab |
Elektron jadvallar, soʻrovnomalar, dalillar reyestri va hujjat aylanishi tizimlaridan foydalanish; maʼlumot manbasi, davri va versiyasini qayd etish; shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish hamda sunʼiy intellekt natijalarini tekshirmasdan rasmiy dalil sifatida qoʻllamaslik. |
|
|
Kasbning nomi: |
Taʼlim sifatini taʼminlash boʻyicha bosh mutaxassis |
|
|
Mashgʻulot nomining kodi: |
23510 |
|
|
TMR boʻyicha malaka darajasi: |
6 |
|
|
Malakani baholashga qoʻyiladigan talablar: |
Malakani baholash markazida tavsiya etilmaydi. |
|
|
Amaliy tajriba (ish staji)ga qoʻyilgan talablar: |
Taʼlim, monitoring, maʼlumotlar tahlili, ichki sifat auditi yoki sifatni taʼminlash sohasida kamida 2 yillik amaliy tajriba. |
|
|
Layoqatiga va shaxsiy kompetensiyalarga qoʻyilgan talablar: |
Tahliliy va tanqidiy fikrlash, ishini mustaqil rejalashtirish, muammolarni dalillar asosida hal qilish, aniq muloqot va hamkorlik, muddatlarga rioya etish. Xolislik, maxfiylik va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish talablariga amal qilish; tekshirilayotgan jarayonda shaxsiy manfaat mavjud boʻlsa, bu haqda rahbarga xabar berish. |
|
|
Taʼlim darajasiga qoʻyilgan talablar: |
Bakalavriat |
|
|
Norasmiy va informal taʼlim bilan bogʻliqligi: |
- |
|
|
Kasbiy standartlar reyestrida mavjudligi: |
- |
|
|
Kasbning boshqa mumkin boʻlgan nomlari: |
- |
|
|
Boshqa kasblar bilan aloqadorligi: |
TMR boʻyicha malaka darajasi: |
Kasbning nomi: |
|
6 |
Taʼlim sifatini taʼminlash boʻyicha yetakchi mutaxassis |
|
|
7 |
Taʼlim sifatini taʼminlash boʻlimi boshligʻi |
|
|
Mehnat funksiyalarining tavsifi |
||
|---|---|---|
|
Kodi va nomi |
Mehnat vazifalari |
|
|
B1.6 — Ichki baholash va sifat auditini oʻtkazish |
B1.01.6 – Ichki baholash kutilmalari va akkreditatsiya mezonlarini dalillar bilan bogʻlovchi xarita tuzish |
Oʻqitish natijalari |
|
Mehnat harakatlari: |
||
|
1. Oliy taʼlimda yillik ichki baholash uchun uslubiyotdagi 13 ta yoʻnalish va kutilmalarni, akkreditatsiyaga tayyorgarlik uchun esa baholash obyekti va taʼlim turiga mos mezonlarni alohida aniqlash. |
||
|
2. Har bir kutilma yoki mezonni indikatorlar, dalillar, ularning manbasi, amal qilish holati va masʼul boʻlinma bilan bogʻlovchi xarita tuzish. |
||
|
3. Ichki baholashning barcha yoʻnalishlari va dasturlarini qamrab oladigan ish rejasini tuzish, tanlanma uchun umumiy toʻplam, tanlash mezoni, hajm va xulosaning tatbiq doirasini asoslash. |
||
|
Koʻnikmalar: |
||
|
Akkreditatsiya mezonlarini taʼlim dasturi yoki tashkilot jarayonlariga qoʻllay olish |
||
|
Mavjudlik, qoʻllanish va samaradorlikni tasdiqlovchi dalillarni farqlay va tasniflay olish |
||
|
Muvofiqlik dalillarini tahlil qila olish |
||
|
Mezonlar qamrovi va tanlanma hajmini asoslay olish |
||
|
Bilimlar: |
||
|
Oliy taʼlimning ichki baholash uslubiyoti boʻyicha kutilmalar va dalillar hamda taʼlim turlari kesimida davlat akkreditatsiyasi mezonlari
|
||
|
Maxsus va kompleks akkreditatsiyaning obyekti va qamrovi oʻrtasidagi farqlar |
||
|
Audit dalillari turlari, tanlanma usullari va hujjatlashtirish talablari |
||
|
B1.02.6 – Taʼlim jarayonlari va xizmatlar sifatini ichki baholash hamda sifat auditini oʻtkazish |
Mehnat harakatlari: |
|
|
1. Taʼlim dasturlari va tashkilot jarayonlarini tegishli kutilma hamda mezonlar asosida baholash, bunda hujjatning mavjudligi bilan birga uning amalda qoʻllanilishi va erishilgan natijasini dalillar orqali tekshirish. |
||
|
2. Oʻquv va tegishli hollarda tadqiqot natijalari, baholash xolisligi, akademik halollik, resurslar hamda taʼlim oluvchilarni qoʻllab-quvvatlash holatini, oliy taʼlimda esa dastur tavsifi, sillabus, taʼlim natijalari va baholash mezonlari muvofiqligini tanlanma asosida tekshirish. |
||
|
3. Har bir yoʻnalish yoki mezon boʻyicha kutilma, aniqlangan holat va dalillarni qayd etib, ichki baholash holati, boʻshliq sabablari va takomillashtirish takliflarini asoslash. |
||
|
Koʻnikmalar: |
||
|
Oʻquv-meʼyoriy hujjatlar, oʻquv yuklamasi, mashgʻulotlar tahlili, amaliyot va yakuniy attestatsiya natijalarini mezon talablari bilan solishtira olish |
||
|
Taʼlim oluvchilarni qabul qilish, koʻchirish, tiklash va chetlashtirish tartiblarining mezonlarga muvofiqligini tahlil qila olish |
||
|
Mezon boʻyicha muvofiqlik darajasini dalillar asosida baholay va xulosani asoslay olish |
||
|
Bilimlar: |
||
|
Taʼlim dasturlari, oʻquv va tadqiqot jarayonlari, baholash tizimi hamda akademik halollik talablarini dalillar asosida tekshirish usullari |
||
|
Ichki baholash holatlari (kuchli tomon, ishlaydi, qisman ishlaydi, boʻshliq, tasdiqlanmagan, tatbiq etilmaydi), ularni akkreditatsiya baholash shkalasidan farqlash va ichki baholashga yigʻma ball qoʻllamaslik tamoyillari
|
||
|
Ichki xulosa, tashqi ekspert xulosasi va akkreditatsiya komissiyasi qarori oʻrtasidagi farqlar |
||
|
Masʼuliyat va mustaqillik: |
1. Ichki auditga tayyorgarlik hujjatlarining toʻliqligi va amaldagi mezonlarga mosligi uchun javob beradi. |
|
|
2. Tasdiqlangan audit dasturi doirasida dalillarni mustaqil yigʻadi va tekshiradi. |
||
|
3. Audit xulosalariga shaxsiy fikr emas, tekshiriladigan dalillar asosida yondashadi. |
||
|
4. Manfaatlar toʻqnashuvi yoki xolislikka tahdid haqida boʻlim boshligʻi yoxud bevosita tashkilot rahbariga xabar beradi. 5. Oʻzi bevosita tayyorlagan maʼlumot, hujjat yoki bajargan ishini yakuniy audit qilmaydi; bunday hollarda xolis tekshiruv boshqa vakolatli shaxsga topshiriladi. |
||
|
B2.6 — Taʼlim sifati koʻrsatkichlarini monitoring qilish va tahlil etish |
B2.01.6 – Taʼlim sifati boʻyicha maʼlumotlarni yigʻish va ularning ishonchliligini tekshirish |
Mehnat harakatlari: |
|
1. Taʼlim oluvchilar, pedagog kadrlar, taʼlim dasturlari, ilmiy natijalar (tegishli hollarda), moddiy-texnik resurslar va xalqaro hamkorlik boʻyicha mezonlarga bogʻlangan maʼlumotlarni yigʻish. |
||
|
2. Maʼlumotlarning manbasi, davri, toʻliqligi va hisoblash usulini tasdiqlovchi hujjatlar bilan solishtirib tekshirish hamda tuzatishlar tarixi va manbalar oʻrtasidagi izchillikni saqlash. |
||
|
3. Koʻrsatkichlarni taʼlim turi va dastur kesimida yangilash; manba, masʼul shaxs, hisoblash usuli va cheklovlarni qayd etish. 4. Ichki baholash uslubiyotida belgilangan majburiy indikatorlar boʻyicha maʼlumotlarni dastur kesimida belgilangan davriylikda yigʻish; mavjud boʻlmagan maʼlumotni nol qiymat bilan almashtirmaslik. |
||
|
Koʻnikmalar: |
||
|
Pedagog kadrlar tarkibi, malakasi, qoʻnimsizligi va kasbiy rivojlanishiga oid maʼlumotlarni tahlil qila olish |
||
|
Moddiy-texnik baza, axborot-resurs va raqamli taʼlim muhiti koʻrsatkichlarini kontingent bilan solishtira olish |
||
|
Maʼlumotlar aniqligi, toʻliqligi va izchilligini tekshirish usullarini qoʻllay olish |
||
|
Bilimlar: |
||
|
Maʼlumotlar sifati mezonlari – aniqlik, toʻliqlik, dolzarblik va izchillik |
||
|
Koʻrsatkich pasporti tarkibi – taʼrif, hisoblash formulasi, maʼlumot manbasi va davriylik |
||
|
Shaxsga doir maʼlumotlar va cheklangan axborotni himoya qilish talablari |
||
|
B2.02.6 – Sifat indikatorlari boʻyicha ogʻishlar va tendensiyalarni tahlil qilish |
Mehnat harakatlari: |
|
|
1. Koʻrsatkichlarni davrlar, dasturlar va taʼlim oluvchilar guruhlari kesimida solishtirib, mehnat bozori hamda taʼlim ehtiyojlaridagi oʻzgarishlarni aniqlash. |
||
|
2. Belgilangan talab va erishilgan natija oʻrtasidagi ogʻishlarni, kontingent va resurslar nomutanosibligini, kadrlar yetishmasligini aniqlash. |
||
|
3. Tahliliy xulosani dalillar va maʼlumot cheklovlari bilan asoslash, qiyosiy tahlilda esa taqqoslanadigan tashkilot yoki dasturlarning tanlanish mezonlarini koʻrsatish. |
||
|
Koʻnikmalar: |
||
|
Taʼlim natijalari, bitiruvchilar bandligi va oʻqishni oʻz vaqtida tugatish koʻrsatkichlari dinamikasini tahlil qila olish |
||
|
Tavsifiy statistika usullarini (oʻrtacha qiymat, ulush, oʻsish surʼati) qoʻllay olish |
||
|
Tahlil natijalarini jadval va diagrammalarda tushunarli taqdim eta olish |
||
|
Bilimlar: |
||
|
Monitoring va indikatorlar tahlili asoslari |
||
|
Taqqoslash, dinamika va ogʻish tahlili usullari |
||
|
Maʼlumotlarni vizuallashtirish tamoyillari |
||
|
Masʼuliyat va mustaqillik: |
1. Sifat koʻrsatkichlari bazasidagi maʼlumotlarning tekshirilganligi va izchilligi uchun javob beradi. |
|
|
2. Tasdiqlangan metodika doirasida indikatorlarni mustaqil hisoblaydi va tahlil qiladi. |
||
|
3. Maʼlumot yetarli boʻlmagan hollarda xulosani qatʼiy fakt sifatida bermaydi va cheklovlarni koʻrsatadi. |
||
|
4. Jiddiy yoki tizimli ogʻish aniqlansa, boʻlim boshligʻi yoxud bevosita tashkilot rahbariga asoslangan axborot kiritadi. |
||
|
B3.6 — Manfaatdor tomonlar fikrini oʻrganish va sifat muammolarini aniqlash |
B3.01.6 – Taʼlim oluvchi, bitiruvchi, pedagog va ish beruvchilar fikrini oʻrganish |
Mehnat harakatlari: |
|
1. Taʼlim oluvchilar, bitiruvchilar, pedagoglar va ish beruvchilar soʻrovining maqsadi, qamrovi va usulini belgilash hamda oliy taʼlimda talabalar fikrini har semestrda, ish beruvchilar va bitiruvchilar fikrini kamida yiliga bir marta oʻrganishni rejalashtirish. |
||
|
2. Xolis savollar tuzib, respondentlar maxfiyligi va tanlanma vakilliligini taʼminlash hamda soʻrovda ishtirokni talabaning baho olish, imtihonga kirish yoki boshqa akademik huquqlaridan foydalanish sharti sifatida qoʻymaslik. |
||
|
3. Soʻrov natijalarini guruhlar kesimida va boshqa dalillar bilan solishtirish; dastur va xizmatlarni takomillashtirish takliflarini asoslash. 4. Soʻrovnomada ishtirok ixtiyoriyligini taʼminlash, ishtirokchilarga bosim oʻtkazilishiga yoʻl qoʻymaslik; natijani javob berish ulushi va cheklovlari bilan taqdim etish. |
||
|
Koʻnikmalar: |
||
|
Soʻrovnoma va intervyu savollarini xolis tuza olish |
||
|
Bitiruvchilar bandligi va ish beruvchilar fikriga oid soʻrov natijalarini tahlil qila olish |
||
|
Taʼlim oluvchilarni qoʻllab-quvvatlash xizmatlari (maslahat, karyera, psixologik yordam, inklyuziv taʼlim) sifatini soʻrov natijalari asosida baholay olish |
||
|
Bilimlar: |
||
|
Soʻrov metodologiyasi — tanlanma, vakillilik va savollar tuzish qoidalari |
||
|
Manfaatdor tomonlar tahlili asoslari |
||
|
Respondent maxfiyligi va teng imkoniyatlarni taʼminlash talablari |
||
|
B3.02.6 – Murojaatlar, shikoyatlar va qayta aloqa maʼlumotlarini tahlil qilish |
Mehnat harakatlari: |
|
|
1. Sifatga oid murojaat va shikoyatlarni mavzu, jarayon va takrorlanish darajasi boʻyicha tasniflash hamda ularning soniga emas, mazmuni va boshqa dalillar bilan tasdiqlanishiga qarab xulosa chiqarish. |
||
|
2. Takroriy muammolarni va ularning taʼlim jarayoni yoki xizmat sifatiga taʼsirini aniqlash. |
||
|
3. Murojaatni vakolatli boʻlinmaga belgilangan tartibda yoʻnaltirish, koʻrib chiqish muddati va natijasini kuzatish. |
||
|
Koʻnikmalar: |
||
|
Murojaatlarni mavzu va ustuvorlik boʻyicha toifalay olish |
||
|
Takroriy muammolarni aniqlash uchun murojaatlar maʼlumotlarini tahlil qila olish |
||
|
Murojaat mazmunini masʼul boʻlinmaga aniq va neytral shaklda bayon eta olish |
||
|
Bilimlar: |
||
|
Murojaat va shikoyatlarni koʻrib chiqishning ichki tartibi |
||
|
Sifat muammolarini tasniflash usullari |
||
|
Maxfiylik, xolislik va kasbiy odob-axloq talablari |
||
|
Masʼuliyat va mustaqillik: |
1. Soʻrov va qayta aloqa maʼlumotlarini manipulyatsiyasiz, xolis qayd etish uchun javob beradi. |
|
|
2. Respondent va murojaatchilarning maxfiy maʼlumotlarini himoya qiladi. |
||
|
3. Alohida fikrning tizimli muammo ekanligini boshqa dalillar bilan tekshiradi; jiddiy yakka holatni ham eʼtiborsiz qoldirmaydi. |
||
|
4. Jiddiy xavf yoki koʻp takrorlangan muammo aniqlansa, masalani belgilangan tartibda vakolatli rahbarga kiritadi. |
||
|
B4.6 — Tuzatish va takomillashtirish choralarini ishlab chiqish hamda ularning ijrosini kuzatish |
B4.01.6 – Audit va monitoring natijalari boʻyicha chora-tadbirlar rejasi loyihasini tuzish |
Mehnat harakatlari: |
|
1. Audit, ichki baholash va monitoring natijasida aniqlangan kamchiliklarni talab, asosiy sabab, taʼsir va xavf darajasi boʻyicha guruhlash. |
||
|
2. Har bir boʻshliq uchun uning sababi, bartaraf etish chorasi, masʼul ijrochi, muddat, resurs, kutilayotgan natija va tekshirish usulini belgilash hamda vakolatli organ taqdimnomasi bilan bogʻliq vazifalarni alohida qayd etish. |
||
|
3. Chora-tadbirlar rejasi loyihasini masʼul boʻlinmalar bilan kelishish; majburiy mezonlarga oid kamchiliklarni ustuvor deb belgilash. |
||
|
Koʻnikmalar: |
||
|
Kamchilikning oqibati va asosiy sababini farqlay olish |
||
|
Asosiy sababni tahlil qilish usullarini (“5 nima uchun”, Isikava diagrammasi) qoʻllay olish |
||
|
Aniq, oʻlchanadigan, erishish mumkin boʻlgan, maqsadga mos va muddat bilan chegaralangan chora-tadbirlarni ishlab chiqa olish |
||
|
Bilimlar: |
||
|
Tuzatish va oldini olish choralari tamoyillari |
||
|
Asosiy sabablarni aniqlash usullari |
||
|
Chora-tadbirlar rejasi tarkibi va unga qoʻyiladigan talablar |
||
|
B4.02.6 — Tuzatish va takomillashtirish choralarining bajarilishini hamda samaradorligini tekshirish |
Mehnat harakatlari: |
|
|
2. Chora-tadbirlarning bajarilishi toʻgʻrisidagi dalillarni tekshirish, natijadorligini baholash va faqat amalda erishilgan natija tasdiqlangandan soʻng bajarilgan deb xulosa qilish. |
||
|
2. Ijro dalillarini qayta tekshirish; kamchilik bartaraf etilganini va chora samaradorligini baholash. |
||
|
3. Samarasiz yoki kechikkan choralar haqida rahbariyatga axborot tayyorlash; dalil yetarli boʻlmasa, kamchilikni bartaraf etilgan deb hisoblamaslik. |
||
|
Koʻnikmalar: |
||
|
Ijro monitoringi jadvalini yurita olish |
||
|
Chora samaradorligini dalillar asosida baholay olish |
||
|
Kechikish va bajarilmaslik xavflarini erta aniqlay olish |
||
|
Bilimlar: |
||
|
Akkreditatsiyadan keyingi monitoring, ijro hisobotlari va ularni taqdim etish tartibi |
||
|
Chora samaradorligini baholash mezonlari |
||
|
Masalani vakolatli rahbarga kiritish va ijro nazoratining ichki tartibi |
||
|
Masʼuliyat va mustaqillik: |
1. Chora-tadbirlar monitoringi maʼlumotlarining haqqoniyligi va oʻz vaqtida yangilanishi uchun javob beradi. |
|
|
2. Tasdiqlangan reja doirasida ijro dalillarini mustaqil tekshiradi. |
||
|
3. Faqat hujjat mavjudligini emas, choraning amaliy samaradorligini ham baholaydi. |
||
|
4. Muddat buzilishi yoki takroriy kamchilik haqida boʻlim boshligʻi yoxud tashkilot rahbariga asoslangan axborot beradi. |
||
|
B5.6 — Sifat hujjatlari va akkreditatsiyaga tayyorgarlik materiallarini tayyorlash |
B5.01.6 – Ichki baholash hisoboti va dalillar reyestrini yuritish |
Mehnat harakatlari: |
|
1. Yillik ichki baholash hisobotida tegishli uslubiyotga muvofiq har bir yoʻnalish holati, kuchli tomonlar, namunali amaliyot, boʻshliqlar va ularning sabablari, oldingi choralar natijasi, maʼlumot cheklovlari hamda takomillashtirish rejasini aks ettirish. |
||
|
2. Har bir xulosani manbasi, sanasi va versiyasi koʻrsatilgan dalillar bilan bogʻlash hamda dastlabki xulosa boʻyicha tarkibiy boʻlinmalar taqdim etgan izohlar va qoʻshimcha dalillarning qabul yoki rad etish asoslarini qayd etish. |
||
|
3. Hisobot loyihasining toʻliqligi va ishonchliligini tekshirish, uni belgilangan tartibda rahbar tasdigʻiga tayyorlash hamda eʼlon qilinadigan qismi uchun maxfiy maʼlumotlardan xoli nusxa shakllantirish. |
||
|
Koʻnikmalar: |
||
|
Sifat hujjatlarini mezonlar boʻyicha tizimlashtira olish |
||
|
Dalillar reyestrini yurita va hujjat versiyalarini nazorat qila olish |
||
|
Qisqa, dalillarga asoslangan tahliliy hisobot yoza olish |
||
|
Bilimlar: |
||
|
Sifat hujjatlari va yozuvlarini yuritish qoidalari |
||
|
Yillik ichki baholash hisoboti hamda akkreditatsiya uchun tayyorlanadigan ichki baholash hisobotining qamrovi, tarkibi va taqdim etish tartibi oʻrtasidagi farqlar |
||
|
Elektron hujjat aylanishi va arxivlash talablari |
||
|
B5.02.6 – Davlat akkreditatsiyasi va tashqi baholash uchun materiallarni shakllantirish |
Mehnat harakatlari: |
|
|
1. Akkreditatsiya arizasi va unga ilova qilinadigan hujjatlarni belgilangan muddatda jamlash, platformada mavjud dalillarga havolalarni qayd etish hamda yetishmaydigan materiallarni aniqlash. |
||
|
2. Ichki baholash hisoboti va tasdiqlovchi materiallarni akkreditatsiya talablariga mos holda taqdim etishga tayyorlash hamda yillik hisobot qamrovi yetarli boʻlmasa, qoʻshimcha dalillarni jamlash. |
||
|
3. Ekspertlar tarkibiga va dastlabki tashqi hisobotga eʼtiroz hamda akkreditatsiya xulosasi boʻyicha apellyatsiya uchun dalillarni belgilangan muddatlarda tayyorlash. |
||
|
Koʻnikmalar: |
||
|
Akkreditatsiya mezonlarini dalillar bilan xaritalay olish |
||
|
Dalillardagi boʻshliqlarni aniqlay olish |
||
|
Tayyorgarlik materiallarini mantiqiy va tekshiriladigan shaklda jamlay olish |
||
|
Bilimlar: |
||
|
Davlat akkreditatsiyasi bosqichlari, majburiy mezonlar va akkreditatsiya komissiyasi vakolati |
||
|
Akkreditatsiya arizasi, ichki baholash hisoboti, eʼtiroz va apellyatsiya hujjatlarini taqdim etish tartibi va muddatlari |
||
|
Kompleks akkreditatsiya davriyligi va qayta tashkil etilgan taʼlim tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish talablari |
||
|
Masʼuliyat va mustaqillik: |
1. Sifat hisobotlari va dalillar reyestrida manba hamda versiyaning aniq koʻrsatilishi uchun javob beradi. |
|
|
2. Tasdiqlangan akkreditatsiya mezonlari doirasida tayyorgarlik materiallarini mustaqil tizimlashtiradi. |
||
|
3. Mavjud boʻlmagan dalilni mavjud sifatida koʻrsatmaydi va aniqlangan boʻshliqlarni xolis qayd etadi. |
||
|
4. Rasmiy hujjatlarni rahbar tasdigʻiga va vakolatli organga taqdim etishga tayyorlaydi. |
||
|
Texnik va/yoki texnologik talab |
Elektron jadvallar, axborot tizimlari va dalillar reyestrida manba, davr va versiyani qayd etish; maʼlumotlar maxfiyligini taʼminlash, sunʼiy intellekt natijalarini tekshirish va cheklangan axborotni ruxsatsiz tashqi tizimga kiritmaslik. |
|
|
Kasbning nomi: |
Taʼlim sifatini taʼminlash boʻlimi boshligʻi |
|
|
Mashgʻulot nomining kodi: |
13450 |
|
|
TMR boʻyicha malaka darajasi: |
7 |
|
|
Malakani baholashga qoʻyiladigan talablar: |
Malakani baholash markazida tavsiya etilmaydi. |
|
|
Amaliy tajriba (ish staji)ga qoʻyilgan talablar: |
Taʼlim sifatini taʼminlash, ichki audit, monitoring yoki akkreditatsiyaga tayyorgarlik sohasida kamida 3 yillik amaliy tajriba, shundan kamida 1 yili jamoaga rahbarlik qilish tajribasi. |
|
|
Layoqatiga va shaxsiy kompetensiyalarga qoʻyilgan talablar: |
Strategik va tahliliy fikrlash, jamoa ishini tashkil etish, vazifalarni taqsimlash, asoslangan qarorlar qabul qilish va nizolarni hal etish. Xodimlar malakasini rivojlantirish, boʻlim xulosalarining xolisligini taʼminlash, manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish va maxfiylik talablariga rioya etish. |
|
|
Taʼlim darajasiga qoʻyilgan talablar: |
1) magistratura; 2) bakalavriat va amaliy tajriba |
|
|
Norasmiy va informal taʼlim bilan bogʻliqligi: |
- |
|
|
Kasbiy standartlar reyestrida mavjudligi: |
- |
|
|
Kasbning boshqa mumkin boʻlgan nomlari: |
- |
|
|
Boshqa kasblar bilan aloqadorligi: |
TMR boʻyicha malaka darajasi: |
Kasbning nomi: |
|
6 |
Taʼlim sifatini taʼminlash boʻyicha yetakchi mutaxassis |
|
|
6 |
Taʼlim sifatini taʼminlash boʻyicha bosh mutaxassis |
|
|
Mehnat funksiyalarining tavsifi |
||
|---|---|---|
|
Kodi va nomi |
Mehnat vazifalari |
|
|
D1.7 — Taʼlim sifatini ichki taʼminlash siyosatini ishlab chiqish va uning joriy etilishini muvofiqlashtirish |
D1.01.7 – Ichki sifat siyosati, maqsadlari va tamoyillarini ishlab chiqish |
Oʻqitish natijalari |
|
Mehnat harakatlari: |
||
|
1. Tashkilot strategiyasi va milliy talablar asosida ichki sifat siyosati loyihasini ishlab chiqish hamda oliy taʼlimga tegishli uslubiyot yoʻnalishlari bilan muvofiqligini taʼminlash. |
||
|
2. Sifat siyosatida taʼlim jarayoni, taʼlim oluvchilar tajribasi, kadrlar, resurslar va natijalarga oid maqsadlarni oʻzaro bogʻlash. |
||
|
3. Oʻlchanadigan sifat maqsadlari va boʻlinmalar javobgarligi boʻyicha takliflarni rahbariyat muhokamasiga kiritish. |
||
|
4. Normativ oʻzgarishlar, xavflar va monitoring natijalariga koʻra siyosatni qayta koʻrib chiqish va yangilangan tahririni tasdiqlashga tayyorlash. 5. Sifat siyosatini kamida uch yillik davrga sifat maqsadlari, oʻlchanadigan indikatorlar, masʼul ijrochilar, resurslar va monitoring davriyligi bilan tayyorlash hamda tasdiqlangandan keyin eʼlon qilinishini taʼminlash. |
||
|
Koʻnikmalar: |
||
|
Tashkilot strategiyasidan kelib chiqib oʻlchanadigan sifat maqsadlarini ishlab chiqa olish |
||
|
Milliy normativ talablarni tashkilot siyosatiga integratsiya qila olish |
||
|
Manfaatdor tomonlar takliflarini muvofiqlashtirib, kelishilgan yechim ishlab chiqa olish |
||
|
Sifat siyosati loyihasini rahbariyat va kollegial organlar oldida asoslay olish |
||
|
Bilimlar: |
||
|
Ichki sifatni taʼminlash tizimlari modellari va sifat madaniyati konsepsiyasi |
||
|
Ichki sifat nazorati va tashqi baholashning oʻzaro bogʻliqligi tamoyillari |
||
|
Strategik rejalashtirish va siyosat ishlab chiqish usullari |
||
|
Taʼlim tashkilotida vakolat, javobgarlik va hisobdorlik tamoyillari |
||
|
D1.02.7 – Ichki sifat jarayonlari, reglamentlari va javobgarlik taqsimotini takomillashtirish |
Mehnat harakatlari: |
|
|
1. Ichki sifat tizimining rejalashtirish, monitoring, ichki baholash, kollegial muhokama, takomillashtirish va axborot berish jarayonlarini oʻzaro bogʻliq holda xaritalash hamda zaif boʻgʻinlarni aniqlash. |
||
|
2. Har bir yoʻnalish boʻyicha masʼul boʻlinma, dalil, muddat va axborot almashish tartibini belgilash, bunda tekshiruv hajmini dastur koʻlami va xavf darajasiga mutanosiblashtirish. |
||
|
3. Ichki sifat reglamentlari loyihalarini ishlab chiqish va ularni vakolatli kollegial organlar bilan kelishish. |
||
|
4. Yangilangan jarayonlarni sinov tariqasida joriy etish va natijalar asosida reglamentlarni qayta koʻrib chiqish. |
||
|
Koʻnikmalar: |
||
|
Sifat jarayonlarini modellashtira va qayta loyihalay olish |
||
|
Boʻlinmalar oʻrtasidagi vakolat va javobgarlik matritsasini ishlab chiqa olish |
||
|
Ichki reglament va xizmat standartlari loyihalarini ishlab chiqa olish |
||
|
Jarayon oʻzgarishlarining natijasini baholay olish |
||
|
Bilimlar: |
||
|
Jarayonli yondashuv va jarayonlarni xaritalash usullari |
||
|
Ichki reglamentlar, vakolat va javobgarlik matritsasini ishlab chiqish talablari |
||
|
Vakolat, hisobdorlik va masalani yuqori darajaga kiritish mexanizmlari |
||
|
Tashkiliy oʻzgarishlarni joriy etish yondashuvlari |
||
|
Masʼuliyat va mustaqillik: |
1. Sifat siyosati loyihasining milliy talablarga mosligini va boʻlim vakolati doirasidagi ijro monitoringini taʼminlaydi. |
|
|
2. Sifat jarayonlarida vakolat va javobgarlik chegaralarini belgilash boʻyicha mustaqil takliflar ishlab chiqadi. |
||
|
3. Takroriy jarayon va javobgarlik boʻshliqlari boʻyicha yechimlarni vakolatli rahbarga kiritadi, qabul qilingan qarorlar ijrosini kuzatadi. |
||
|
4. Tizimga kiritiladigan oʻzgarishlarda manfaatdor boʻlinmalar bilan kelishuv va hujjatlashtirilgan nazoratni taʼminlaydi. |
||
|
5. Qonunchilik va tashqi sifat talablari oʻzgarganda ichki tizimni oʻz vaqtida moslashtirish choralarini belgilaydi. |
||
|
D2.7 — Sifat maqsadlari, indikatorlari va xavflarini rejalashtirish hamda baholash |
D2.01.7 – Sifat indikatorlari tizimi va yillik monitoring rejasini ishlab chiqish |
Mehnat harakatlari: |
|
1. Sifat maqsadlarini yillik monitoring va takomillashtirish tadbirlari bilan bogʻlash hamda indikatorlarning davrlar boʻyicha izchil hisoblanishini taʼminlash. |
||
|
2. Vakolatli organ tasdiqlagan akkreditatsiya va tegishli ichki baholash indikatorlarini amaldagi tahririda qoʻllash, tashkilotning qoʻshimcha koʻrsatkichlari hamda maqsadli qiymatlari yuzasidan takliflar ishlab chiqish. |
||
|
3. Yillik ichki baholash taqvimida semestr monitoringi, choraklik ijro axboroti, kollegial muhokama, yillik hisobot va akkreditatsiyaga tayyorgarlik muddatlarini muvofiqlashtirish. |
||
|
4. Koʻrsatkichlarning oʻlchanuvchanligi va dalillarga asoslanganligini tekshirish hamda maʼlumotlarni sunʼiy yaxshilashga undovchi omillarni bartaraf etish.
|
||
|
Koʻnikmalar: |
||
|
Tashkilot strategiyasidan sifat KPIlarini ishlab chiqa olish |
||
|
Ichki monitoring koʻrsatkichlari pasportini loyihalay olish |
||
|
Maqsadli qiymatlarni mavjud maʼlumotlar va oldingi natijalar asosida belgilay olish |
||
|
Monitoring siklini rejalashtira va uning natijalarini baholay olish |
||
|
Bilimlar: |
||
|
Rejalashtirish, bajarish, tekshirish va takomillashtirish sikli (PDCA) |
||
|
Rasmiy akkreditatsiya indikatorlari va ichki natijadorlik koʻrsatkichlarining maqsadi va qoʻllanish doirasidagi farq |
||
|
Monitoring metodologiyasi va koʻrsatkichlar paneli tamoyillari |
||
|
Taʼlim sifatini baholashda qoʻllanadigan xalqaro indikatorlar |
||
|
D2.02.7 – Taʼlim sifati xavflarini baholash va ustuvor takomillashtirish yoʻnalishlarini belgilash |
Mehnat harakatlari: |
|
|
1. Murojaatlar, soʻrovlar, ommaviy axborot vositalari, tashqi diagnostika va boshqa ishonchli manbalarni xavf tahliliga kiritish hamda hayot, sogʻliq, xavfsizlik yoki taʼlim natijalariga bevosita tahdidni alohida ustuvorlik bilan koʻrib chiqish. |
||
|
2. Xavflarni ehtimollik, taʼlim oluvchilarga taʼsiri va obroʻga oid oqibatlari boʻyicha baholash va ustuvorlashtirish. |
||
|
3. Yuqori xavflar boʻyicha chora, masʼul, kuzatuv koʻrsatkichi va zarur resurslarga oid takliflarni ishlab chiqish. |
||
|
4. Davriy koʻrib chiqishda qoldiq xavf va yangi tahdidlarni qayta baholash, xavfga javob choralarini yangilash. |
||
|
Koʻnikmalar: |
||
|
Xavflarni aniqlay va ehtimollik–taʼsir matritsasi asosida baholay olish |
||
|
Xavflarni indikatorlar va audit topilmalari bilan bogʻlab tahlil qila olish |
||
|
Resurslarni xavf ustuvorligi asosida taqsimlash boʻyicha takliflarni asoslay olish |
||
|
Xavfga javob choralarining samaradorligini baholay olish |
||
|
Bilimlar: |
||
|
Xavflarni aniqlash, baholash va ularga javob choralarini tanlash usullari |
||
|
Taʼlim sifati xavflari manbalari va ularning ishonchliligini tekshirish usullari |
||
|
Asosiy sabab va tendensiya tahlili usullari |
||
|
Xavflar toʻgʻrisida rahbariyatni xabardor qilish tartibi |
||
|
Masʼuliyat va mustaqillik: |
1. Sifat KPIlari va maqsadli qiymatlarning tashkilot strategiyasi bilan bogʻliqligi uchun javob beradi. |
|
|
2. Xavflarni yashirmasdan, taʼsir darajasi va dalillar asosida rahbariyatga ochiq taqdim etadi. |
||
|
3. Resurslar cheklangan holatda sifatga eng katta taʼsir qiluvchi xavflarni ustuvorlashtiradi. |
||
|
4. Xavf va KPI metodologiyasida bir xil taʼrif va hisoblash qoidalarini taʼminlaydi. |
||
|
5. Sifat xavflari boʻyicha qabul qilingan boshqaruv qarorlarining bajarilishi va natijasini davriy koʻrib chiqadi. |
||
|
D3.7 — Ichki baholash va sifat auditini rejalashtirish, tashkil etish va natijalarini baholash |
D3.01.7 – Xavfga asoslangan yillik ichki audit dasturini ishlab chiqish va auditorlar faoliyatini muvofiqlashtirish |
Mehnat harakatlari: |
|
1. Audit obyektlarini xavf darajasi, avvalgi topilmalar, strategik ahamiyat va tashqi baholash rejasidan kelib chiqib ustuvorlashtirish. |
||
|
2. Oliy taʼlimda uslubiyotdagi barcha yoʻnalishlar va dasturlarni qamrab oladigan yillik ichki baholash rejasini, xavflarga mos tanlanma asosida esa alohida sifat auditi dasturini ishlab chiqish. |
||
|
3. Auditorlarni malakasi va mustaqilligiga koʻra tanlash hamda ularning oʻzlari bajargan yoki manfaatdor boʻlgan ishlar boʻyicha yakuniy xulosa bermasligini taʼminlash. |
||
|
4. Audit guruhlari faoliyatini muvofiqlashtirish va mezonlar toʻliq qamrab olinganini nazorat qilish. 5. Taʼlim oluvchilarning hayoti, sogʻligʻi, xavfsizligi yoki taʼlim natijalariga erishishiga bevosita tahdid soluvchi boʻshliq aniqlanganda yillik hisobotni kutmasdan birinchi rahbarga yozma axborot berish. |
||
|
Koʻnikmalar: |
||
|
Xavfga asoslangan audit dasturini loyihalay olish |
||
|
Audit metodologiyasi va ish hujjatlari shakllarini standartlashtira olish |
||
|
Auditorlar kompetensiyasi va mustaqilligini baholay olish |
||
|
Audit jarayonini muvofiqlashtira va bajarilishini nazorat qila olish |
||
|
Bilimlar: |
||
|
Maxsus va kompleks akkreditatsiyaning baholash yoʻnalishlari hamda majburiy mezonlar tarkibi |
||
|
Xavfga asoslangan audit va tanlanma usullari |
||
|
Auditor etikasi va mustaqilligi tamoyillari |
||
|
Audit dasturi va dalillarini hujjatlashtirish talablari |
||
|
D3.02.7 – Audit natijalarini baholash va tizimli takomillashtirish choralarini ishlab chiqish |
Mehnat harakatlari: |
|
|
1. Har bir ichki baholash xulosasini dalillar bilan tekshirish, holatlarni akkreditatsiya bahosidan farqlash va ichki baholash yoʻnalishlariga yigʻma ball qoʻllanmasligini taʼminlash. |
||
|
2. Taʼlim dasturi, baholash, amaliyot, ilmiy faoliyat (tegishli hollarda) va resurslarga oid topilmalarni umumlashtirib, tizimli sabablarni aniqlash. |
||
|
3. Yuqori xavfli kamchiliklar boʻyicha tizimli choralar va resurslar taklifini ishlab chiqish hamda bevosita xavf aniqlanganda yillik hisobotni kutmasdan rahbariyatga zudlik bilan axborot kiritish. |
||
|
4. Audit natijalarini rahbariyat muhokamasiga kiritish, qabul qilingan qaror va masʼullarni qayd etish hamda keyingi monitoringni rejalashtirish. |
||
|
Koʻnikmalar: |
||
|
Turli boʻlinmalar audit xulosalarini umumlashtira va tizimli qonuniyatlarni aniqlay olish |
||
|
Asosiy sabab tahlilini tashkil eta olish |
||
|
Muqobil takomillashtirish choralarini taqqoslab, eng samaralisini tanlay olish |
||
|
Audit xulosalarini rahbariyat uchun asoslangan shaklda taqdim eta olish |
||
|
Bilimlar: |
||
|
Mezonlarni baholash shkalasi, yoʻnalish muvofiqligi shartlari hamda ichki baho va akkreditatsiya komissiyasi qarori oʻrtasidagi farq |
||
|
Asosiy sabablarni tahlil qilish usullari |
||
|
Tuzatish choralari va ularning samaradorligini tekshirish tamoyillari |
||
|
Ichki baholash va hisobot haqqoniyligi boʻyicha birinchi rahbar hamda boʻlim javobgarligi chegaralari |
||
|
Masʼuliyat va mustaqillik: |
1. Har bir tegishli mezon boʻyicha ichki tahlil mavjudligini tekshiradi; tanlanma birorta yoʻnalish yoki mezonni qamrovdan chiqarishga asos boʻlmaydi. |
|
|
2. Auditorlar mustaqilligi va manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik choralarini taʼminlaydi. |
||
|
3. Auditda aniqlangan tizimli nomuvofiqliklarning boshqaruv jarayonlariga bogʻliq sabablarini aniqlaydi. |
||
|
4. Yuqori xavfli nomuvofiqliklar haqida rahbariyatni zudlik bilan xabardor qiladi va vakolati doirasida choralar koʻradi. |
||
|
5. Audit natijalari boʻyicha kamchiliklar bartaraf etilgan deb topilishidan oldin dalillar va choralar samaradorligi tekshirilishini taʼminlaydi. |
||
|
6. Auditorlarni taqsimlashda xodim oʻzi bajargan ish yoki tayyorlagan materialni audit qilmasligini taʼminlaydi. |
||
|
D4.7 — Sifat madaniyatini rivojlantirish va manfaatdor tomonlar ishtirokini tashkil etish |
D4.01.7 – Sifat madaniyatini rivojlantirish boʻyicha oʻqitish va kommunikatsiya tadbirlarini ishlab chiqish |
Mehnat harakatlari: |
|
1. Boʻlim va boshqa boʻlinmalar xodimlarining sifat kompetensiyalari va oʻqitish ehtiyojlarini aniqlash. |
||
|
2. Mezonlar, dalillar, audit va hisobotlar boʻyicha oʻqitish dasturini ishlab chiqish hamda ichki baholashda qatnashadigan xodimlar, talabalar vakillari va tashqi ekspertlar uchun vazifasiga mos tayyorgarlikni tashkil etish. |
||
|
3. Natijadorligi dalillar bilan tasdiqlangan amaliyotlarni aniqlash va ulardan boshqa dastur hamda boʻlinmalarda foydalanish tartibini ichki kommunikatsiya vositalari orqali ommalashtirish. |
||
|
4. Oʻqitish va kommunikatsiya tadbirlarining xodimlar faoliyati va sifat natijalariga taʼsirini baholash. |
||
|
Koʻnikmalar: |
||
|
Xodimlarning sifat kompetensiyalarini baholay olish |
||
|
Oʻqitish va ichki kommunikatsiya dasturlarini ishlab chiqa olish |
||
|
Guruh muhokamalari va treninglarni moderatsiya qila olish |
||
|
Sifat madaniyatidagi oʻzgarishlarni baholay olish |
||
|
Bilimlar: |
||
|
Sifat madaniyati konsepsiyasi va uning tarkibiy qismlari |
||
|
Kattalar taʼlimi (andragogika) tamoyillari |
||
|
Ichki kommunikatsiya usullari |
||
|
Oʻqitish samaradorligini baholash modellari |
||
|
D4.02.7 – Manfaatdor tomonlar fikrini tahlil qilish va qarorlar loyihasiga kiritish |
Mehnat harakatlari: |
|
|
1. Taʼlim oluvchilar, bitiruvchilar, pedagoglar va ish beruvchilar fikrini oʻrganish rejasini ishlab chiqish hamda oliy taʼlimda talabalar vakillarining ochiq tanlanishi va kollegial muhokamalarda ishtirokini kuzatish. |
||
|
2. Taʼlim oluvchilar va ish beruvchilar fikrini bandlik, keyingi taʼlimga kirish, amaliyot va qoʻllab-quvvatlash xizmatlari natijalari bilan birga tahlil qilish. |
||
|
3. Huquqlarni himoya qilish, maslahat, karyera, psixologik yordam, inklyuziv taʼlim va iqtidorni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha aniqlangan muammolar yuzasidan takliflarni rahbariyatga kiritish. |
||
|
4. Qabul qilingan qarorlar, xususan, talabalar fikri asosida amalga oshirilgan oʻzgarishlar haqida manfaatdor tomonlarga tushunarli shaklda axborot berish tartibini ishlab chiqish. |
||
|
Koʻnikmalar: |
||
|
Manfaatdor tomonlar xaritasini tuza va ularning taʼsir darajasini baholay olish |
||
|
Turli manbalardagi fikr-mulohazalarni miqdoriy koʻrsatkichlar bilan taqqoslab tahlil qila olish |
||
|
Manfaatdor tomonlar bilan muloqot va qayta aloqa mexanizmlarini loyihalay olish |
||
|
Fikr-mulohazalar asosida kiritilgan oʻzgarishlar natijasini baholay olish |
||
|
Bilimlar: |
||
|
Manfaatdor tomonlar ishtiroki tamoyillari |
||
|
Soʻrov natijalarini miqdoriy va sifat tahlil qilish usullari |
||
|
Bitiruvchilar bandligi, kasbga yoʻnaltirish va malaka oshirish natijalarini baholash mezonlari |
||
|
Qayta aloqa va hisobdorlik mexanizmlari |
||
|
Masʼuliyat va mustaqillik: |
1. Taʼlim sifatini taʼminlashda barcha boʻlinmalar va xodimlarning ishtirokini tashkil etadi. |
|
|
2. Oʻqitish va axborot almashish tadbirlarining xodimlar ish amaliyoti hamda sifat koʻrsatkichlariga taʼsirini baholaydi. |
||
|
3. Talaba, pedagog va ish beruvchi fikrlarini manipulyatsiyasiz, guruhlar xilma-xilligini hisobga olgan holda koʻrib chiqadi. |
||
|
4. Qayta aloqada bildirilgan muammolar boʻyicha koʻrilgan choralar haqida manfaatdor tomonlarga axborot berilishini taʼminlaydi. |
||
|
5. Muammolar sabablarini ochiq aniqlash, xatolardan oʻrganish va takomillashtirishga yoʻnaltirilgan sifat madaniyatini rivojlantiradi. |
||
|
D5.7 — Taʼlim tashkilotini akkreditatsiya va tashqi baholashga tayyorlashni muvofiqlashtirish |
D5.01.7 – Akkreditatsiyaga ichki tayyorgarlik rejasi va dalillar tizimini ishlab chiqish |
Mehnat harakatlari: |
|
1. Har bir akkreditatsiya mezonini tegishli dastur yoki tashkilot jarayoni, masʼul boʻlinma va dalil bilan bogʻlovchi tayyorgarlik rejasini ishlab chiqish hamda ichki baholash dalillari yetishmagan joylarni aniqlash. |
||
|
2. Akkreditatsiya arizasi, ilova hujjatlari va ichki baholash hisobotining tarkibi hamda qamrov davriga muvofiqligini tekshirishni tashkil etish. |
||
|
3. Akkreditatsiya reja-jadvali va davriyligini hisobga olib, ichki baholash va hisobotni belgilangan muddatlarda taqdim etishni muvofiqlashtirish. |
||
|
4. Hisobotni birinchi rahbar tasdigʻiga kiritish; eʼtiroz va apellyatsiya materiallarini belgilangan muddatlarda tayyorlashni tashkil etish. 5. Akkreditatsiyaga tayyorgarlikni yillik ichki baholash materiallari asosida tashkil etish; uslubiyotdagi yoʻnalishlarni akkreditatsiya mezonlari bilan bogʻlovchi muvofiqlik jadvalini yuritish. |
||
|
Koʻnikmalar: |
||
|
Akkreditatsiya mezonlari va ichki baholash kutilmalarini tashkilot jarayonlari bilan bogʻlay olish |
||
|
Dalillarni yigʻish, saqlash va versiyalash tizimini loyihalay olish |
||
|
Sinov tariqasidagi ichki baholashni tashkil eta olish |
||
|
Tayyorgarlik xavflarini baholay va rahbariyatga asoslab taqdim eta olish |
||
|
Bilimlar: |
||
|
Akkreditatsiya bosqichlari, ariza, hisobot, eʼtiroz va apellyatsiya hujjatlarini taqdim etish tartibi va muddatlari |
||
|
Mezon, indikator va dalillar tizimi hamda yoʻnalish muvofiqligi shartlari |
||
|
Maxsus va kompleks akkreditatsiya obyekti, qamrovi va alohida faoliyat turlari boʻyicha istisnolar |
||
|
Dalillar manbasini kuzatish va hujjat versiyalarini nazorat qilish usullari |
||
|
D5.02.7 – Tashqi baholash natijalari boʻyicha kamchiliklarni bartaraf etish dasturini ishlab chiqish va ijrosini baholash |
Mehnat harakatlari: |
|
|
1. Tashqi baholash natijalari va vakolatli organ taqdimnomasi asosida kamchiliklarni bartaraf etish dasturini ishlab chiqish hamda tegishli uslubiyotda belgilangan muddatlarga rioya etilishini muvofiqlashtirish. |
||
|
2. Har bir kamchilik boʻyicha yechim, masʼul, resurs, muddat va samaradorlik dalilini belgilash va dastur loyihasini boʻlinmalar bilan kelishish. |
||
|
3. Chora-tadbirlar ijrosini choraklik umumlashtirish, belgilangan ijro hisobotlarini taqdim etish va keyingi yillik ichki baholashda natijadorlik qayta tekshirilishini tashkil etish. |
||
|
4. Choralar samaradorligini qayta tekshirishni tashkil etish va natijalarini baholash. |
||
|
Koʻnikmalar: |
||
|
Tashqi baholash xulosalarini tizimli tahlil qila olish |
||
|
Kamchiliklarni bartaraf etish dasturini ishlab chiqa olish |
||
|
Resurs va muddatlarni xavf darajasi asosida ustuvorlashtira olish |
||
|
Tuzatish choralarining samaradorligini baholay olish |
||
|
Bilimlar: |
||
|
Akkreditatsiyadan keyingi monitoring, taqdimnoma va ijro hisobotlarini taqdim etish tartibi va muddatlari |
||
|
Tuzatish dasturlarini rejalashtirish va nazorat qilish usullari |
||
|
Qarorlar ijrosini monitoring qilish tartibi |
||
|
Takroriy nomuvofiqliklarning oldini olish tamoyillari |
||
|
Masʼuliyat va mustaqillik: |
1. Akkreditatsiyaga tayyorgarlikda maʼlumotlarni buzib koʻrsatish va dalillarni soxtalashtirishga yoʻl qoʻymaydi. |
|
|
2. Tashqi baholash bilan hamkorlikni tashkil etadi; haqqoniy hisobotni birinchi rahbar tasdiqlashi uchun kiritadi, yakuniy tashqi qarorni chiqarmaydi. |
||
|
3. Tashqi baholashda aniqlangan yuqori xavfli kamchiliklarga zarur resurslarni ustuvor yoʻnaltirish boʻyicha rahbariyatga taklif beradi. |
||
|
4. Kamchiliklarni yopishda faqat muddat emas, tuzatishning amaliy samaradorligini asosiy mezon sifatida qoʻllaydi. |
||
|
5. Tashqi baholash natijalari asosida sifat tizimini takomillashtirish takliflarini ishlab chiqadi. |
||
|
D6.7 — Sifat maʼlumotlarini tahlil qilish va rahbariyat uchun tahliliy hisobotlar tayyorlash |
D6.01.7 – Sifat maʼlumotlari tizimi va koʻrsatkichlar panelini loyihalash |
Mehnat harakatlari: |
|
1. Rasmiy indikatorlarning tasdiqlangan taʼriflarini qoʻllash hamda ichki koʻrsatkichlar formulasi, manbasi va davriyligini ishlab chiqib, davrlararo taqqoslash izchilligini taʼminlash. |
||
|
2. Taʼlim axborot tizimlaridagi maʼlumotlarning toʻliqligi va ishonchliligini masʼul xizmat bilan tekshirish hamda HEMIS va boshqa tizimlarda takror yoki zid maʼlumotlar paydo boʻlishining oldini olish. |
||
|
3. Moddiy-texnik baza, kontingent, amaliyot bazasi, axborot-resurs va raqamli muhit koʻrsatkichlarini tegishli mezonlar bilan bogʻlash. |
||
|
4. Axborotga kirish huquqlari, zaxiralash va maxfiylik talablarini masʼul xizmat bilan kelishish hamda soʻrovnoma javoblari va ochiq hisobotlarni shaxsiy identifikatorlardan ajratib yuritishni nazorat qilish. |
||
|
Koʻnikmalar: |
||
|
Sifat maʼlumotlari modeli va koʻrsatkichlar panelini loyihalay olish |
||
|
Indikatorlar taʼriflari va hisoblash qoidalari toʻplamini ishlab chiqa olish |
||
|
Turli axborot tizimlari maʼlumotlarini integratsiyalash talablarini belgilay olish |
||
|
Maʼlumotlar xavfsizligi va kirish huquqlari tartibini baholay olish |
||
|
Bilimlar: |
||
|
Maʼlumotlar sifati va yaxlitligini taʼminlash tamoyillari |
||
|
Indikator metodologiyasi va metamaʼlumotlar tavsiflari |
||
|
Koʻrsatkichlar paneli va tahliliy axborotni vizuallashtirish tamoyillari |
||
|
Shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish talablari |
||
|
D6.02.7 – Rahbariyat uchun integratsiyalashgan sifat hisobotlari va takliflarni tayyorlash |
Mehnat harakatlari: |
|
|
1. Ichki baholash, audit, indikatorlar, soʻrovlar, murojaatlar va akkreditatsiya natijalarini umumlashtirib, yillik hisobotda kuchli tomonlar, boʻshliqlar sabablari, oldingi choralar samarasi hamda keyingi yil ustuvorliklarini yoritish. |
||
|
2. Ilmiy faoliyat (tegishli taʼlim turida qoʻllanadigan hollarda), kadrlar natijadorligi va resurslar boʻyicha ogʻishlarning sabablarini dalillar asosida izohlash. |
||
|
3. Rahbariyat qarorini talab qiladigan masalalar boʻyicha muqobil yechimlar, xavflar va kutilayotgan natijalarni baholash. |
||
|
4. Qarorlar ijrosi uchun koʻrsatkichlar va keyingi koʻrib chiqish muddatini belgilash hamda tegishli dalillarni kollegial organ muhokamasiga tayyorlash. |
||
|
Koʻnikmalar: |
||
|
Turli manbalardagi sifat maʼlumotlarini sintez qila olish |
||
|
Rahbariyat uchun qisqa tahliliy maʼlumotnoma yoza olish |
||
|
Qaror variantlarining afzallik va cheklovlarini baholay olish |
||
|
Qaror ijrosini kuzatish koʻrsatkichlarini ishlab chiqa olish |
||
|
Bilimlar: |
||
|
Tahliliy hisobotlar tuzilmasi va ularni tayyorlash tamoyillari |
||
|
Ilmiy faoliyat natijalarini (nashrlar, grantlar, intellektual mulk, tijoratlashtirish) baholash mezonlari (taʼlim turi va tashkilot vazifalariga koʻra qoʻllanadigan hollarda) |
||
|
Kollegial boshqaruv organlari (kuzatuv, ilmiy, pedagogik kengashlar) faoliyati, rivojlanish rejasi, moliyaviy barqarorlik va xalqaro hamkorlikni baholash mezonlari |
||
|
Dalillarga asoslangan qaror qabul qilish yondashuvi |
||
|
Hisobotlarda xolislik va maʼlumot cheklovlarini koʻrsatish talablari |
||
|
Masʼuliyat va mustaqillik: |
1. Rasmiy indikatorlar va kelishilgan ichki hisoblash qoidalarining barcha boʻlinmalarda bir xil qoʻllanishini taʼminlaydi. |
|
|
2. Boshqaruv hisobotlarida noqulay natijalarni yashirmasdan, ularning sabab va oqibatlarini xolis koʻrsatadi. |
||
|
3. Shaxsga doir va cheklangan maʼlumotlarga kirishni minimal zarur ruxsat tamoyili asosida tashkil etadi. |
||
|
4. Rahbariyatga taqdim etiladigan tavsiyalarni fakt, xavf va resurs cheklovlari bilan asoslaydi. |
||
|
5. Qabul qilingan boshqaruv qarorlari natijalarini kuzatish uchun keyingi monitoring tartibini belgilaydi. |
||
|
D7.7 — Boʻlim faoliyatini rejalashtirish, xodimlarni rivojlantirish va sifat tizimini takomillashtirish |
D7.01.7 – Boʻlim ishini rejalashtirish, vazifalarni taqsimlash va xodimlar faoliyatini baholash |
Mehnat harakatlari: |
|
1. Boʻlim vazifalarini yillik reja va sifat xavflariga muvofiq taqsimlash hamda boʻlinmalar, dastur rahbarlari va kollegial organlar vakolatlarini inobatga olish. |
||
|
2. Audit, monitoring, akkreditatsiya va hisobot davrlaridagi eng yuqori yuklamani hisobga olib, xodimlar ish yuklamasini muvozanatlash. |
||
|
3. Xodimlar kompetensiyasi va rivojlanish ehtiyojlarini aniqlab, ichki baholash ishtirokchilarining oldindan oʻqitilishi va bu haqdagi qaydlarni yuritish choralarini malaka oshirish rejasiga kiritish. |
||
|
4. Xodimlar ishini sifat, dalillar aniqligi, xolislik va muddatlarga rioya boʻyicha baholash hamda rivojlantiruvchi fikr bildirish. |
||
|
Koʻnikmalar: |
||
|
Boʻlim ish yuklamasini rejalashtira olish |
||
|
Xodimlar kompetensiyalarini baholay olish |
||
|
Rivojlantiruvchi fikr bildirish va murabbiylik usullarini qoʻllay olish |
||
|
Vazifalarni ustuvorlik asosida taqsimlay olish |
||
|
Bilimlar: |
||
|
Jamoa ishini tashkil etish va resurslarni rejalashtirish asoslari |
||
|
Kompetensiya modellari va xodimlarni rivojlantirish usullari |
||
|
Xodimlar faoliyati natijadorligini baholash usullari |
||
|
Kasbiy etika va auditor mustaqilligi tamoyillari |
||
|
D7.02.7 – Ilgʻor tajriba asosida sifat tizimini takomillashtirish takliflarini ishlab chiqish |
Mehnat harakatlari: |
|
|
1. Milliy talablar va vakolatli organ metodologiyasini xorijiy yondashuvlar bilan qiyosiy tahlil qilish. |
||
|
2. Tashkilot uchun amaliy ahamiyatga ega yondashuvlarni mavjud sifat tizimi va resurslar bilan solishtirib baholash. |
||
|
3. Rahbariyat bilan kelishilgan yondashuvni sinov tariqasida joriy etib, natijalarini dalillar asosida baholash hamda boshqa dasturlarga yoyishdan oldin tatbiq etish shartlarini hujjatlashtirish. |
||
|
4. Samarali sinov natijalarini ichki reglament, metodika va xodimlarni oʻqitish dasturlariga kiritish. |
||
|
Koʻnikmalar: |
||
|
Ilgʻor tajribani qiyosiy tahlil qila olish |
||
|
Xalqaro standart talablarini tashkilotning ichki tizimiga moslashtira olish |
||
|
Sinov (pilot) loyihasini rejalashtira va tashkil eta olish |
||
|
Oʻzgarish natijalarini baholay va ichki hujjatlarga kirita olish |
||
|
Bilimlar: |
||
|
ESG tamoyillari |
||
|
EQAVET sifat sikli |
||
|
ISO standartlariga asoslangan sifat menejmenti tamoyillari |
||
|
Qiyosiy tahlil (benchmarking) va uzluksiz takomillashtirish usullari |
||
|
Masʼuliyat va mustaqillik: |
1. Boʻlimga ajratilgan resurslardan ustuvor vazifalar uchun foydalanishni tashkil etadi; qoʻshimcha resurs takliflarini rahbarga kiritadi. |
|
|
2. Xodimlar faoliyatini baholashda mustaqillik, xolislik va kasbiy rivojlanish mezonlarini qoʻllaydi. |
||
|
3. Xorijiy yondashuvlarni taʼlim turi va milliy huquqiy talablarga moslashtiradi; ularni majburiy milliy talab sifatida joriy etmaydi. |
||
|
4. Yangi yondashuvlarni toʻliq joriy etishdan oldin pilot va dalil asosida baholashni taʼminlaydi. |
||
|
5. Boʻlimda xatolardan oʻrganish, bilim almashish va uzluksiz takomillashtirish madaniyatini qoʻllab-quvvatlaydi. |
||
|
Texnik va/yoki texnologik talab |
Dalillar reyestri, koʻrsatkichlar paneli va hisobot tizimlarini qoʻllashni tashkil etish; axborotga kirish huquqlari, zaxiralash, maxfiylik va sunʼiy intellekt natijalarining ishonchliligini nazorat qilish. |
|
V. Kasbiy standartning texnik maʼlumotlari
5.1. Kasbiy standartning rekvizitlari
|
1. |
Kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashining tasdiqlash hujjatlari: |
Taʼlim va fan sohasida kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashining “___” __________ 2026-yildagi ___-son majlis bayoni |
|
2. |
Milliy malaka tizimini rivojlantirish institutining xulosasi: |
Milliy malaka tizimini rivojlantirish institutining “___” __________ 2026-yildagi ___-son xulosasi |
|
3. |
Kasbiy standart versiyasi va ishlab chiqilgan sanasi: |
____-versiya; ishlab chiqilgan sana: 14.10.2026. |
|
4. |
Taxminiy qayta koʻrib chiqish sanasi: |
14.10.2031. Qonunchilik, akkreditatsiya mezonlari yoki mehnat vazifalari oʻzgarganda muddatidan oldin qayta koʻrib chiqiladi. |
5.2. Kasbiy standartni ishlab chiqishga masʼul tashkilot haqida maʼlumotlar
|
Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi |
|
(tashkilot nomi) Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi direktori |
|
Xoliqov Abduvali Jonizoqovich |
|
(rahbarning lavozimi, imzosi va F.I.O.) |
5.3 Kasbiy standartni ishlab chiqishda ishtirok etgan tashkilot (korxona)lar toʻgʻrisida maʼlumot
|
T/r |
Ishlab chiquvchi toʻgʻrisida maʼlumot |
Imzo |
|
|
Ish joyi va lavozimi |
Familiyasi, ismi, otasining ismi |
||
|
1 |
Oliy taʼlim tashkilotlari departamenti boshligʻi |
Mamanazarov Abdusamat Abdusaitovich |
|
|
2 |
Oliy taʼlim tashkilotlarini tashkil etish va faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi |
Axrorov Farxod Baxriddinovich |
|
|
3 |
Oliy taʼlimni rivojlantirish va global hamkorlik markazi direktori |
Xoliqov Abduvali Jonizoqovich |
|
|
4 |
Taʼlim tashkilotlarini litsenziyalash boʻlimi bosh mutaxassisi |
Toshpoʻlatov Bekzod Ulugʻmuradovich |
|
|
5 |
Oliy taʼlim tashkilotlarini tashkil etish va faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi |
Salimov Akmal |
|
|
6 |
Toshkent kimyo-texnologiya institutining iqtisodiy va tashkiliy masalalar boʻyicha prorektori |
Qodirov Bobiromon Bekmurodovich |
|
|
7 |
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori |
Ergashov Yoqub |
|
|
8 |
Toshkent shahrida Vebster universiteti taʼlim dasturlarini amalga oshirish markazi, Ilmiy ishlar va innovatsion loyihalar boʻyicha direktor oʻrinbosari |
Abdullayev Ulugʻbek Abdulxamidovich |
|
|
9 |
Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy pedagogika universiteti oʻquv-metodik taʼminot boʻlimi boshligʻi |
Xaydarov Ilxom Qudratovich |
|
|
10 |
Oliy taʼlimni rivojlantirish va global hamkorlik markazi boʻlim boshligʻi |
Davitov Umid Xasan oʻgʻli |
|
|
11 |
Toshkent pedagogika texnikumi direktori |
Tadjiyeva Mahabbat Xaydaraliyevna |
|
|
12 |
Oliy taʼlimni rivojlantirish va global hamkorlik markazi bosh mutaxassisi |
Parmanova Ruxsat Tagʻaymuradovna |
|
|
13 |
Oliy taʼlimni rivojlantirish va global hamkorlik markazi yetakchi mutaxassisi |
Safarov Akbar |
|
|
14 |
Oliy taʼlimni rivojlantirish va global hamkorlik markazi yetakchi mutaxassisi |
Eshqoʻziyev Oxunjon Oybek oʻgʻli |
|
|
15 |
Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik litseyi ijrochi direktori |
Ganiyev Alisher Kadiraliyevich |
|
|
16 |
Toshkent kasb-hunar va tibbiyot texnikumi bosh ijrochi direktori |
Nishanov Rustam Ibraimovich |
|
|
17 |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha bosh mutaxassisi, tarmoq kengashi kotibi |
Abdiyev Gʻayrat |
|
