Andijonda “Beş taşabbus olimpiadasi” ğolib va sovrindorlari taqdirlandi
2026-11-11 16:00:00 / Vazirlik yangiliklari
“Beş taşabbus olimpiadasi” doirasida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari örtasida sportning mini-futbol, voleybol, stritbol, yengil atletika va stol tennisi turlari böyiça ötkazilgan musobaqalarning viloyat bosqiçi ğolib va sovrindorlarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi.

#BeşTaşabbusOlimpiadasi
Tadbir Andijon davlat tibbiyot instituti sport zalida taşkil etildi. Marosimda sözga çiqqanlar musobaqalarda munosib natija qayd etgan talabalarni samimiy tabrikladilar. Şuningdek, respublika bosqiçiga yöllanma olgan iştirokçilarga kelgusi bellaşuvlarda omad va zafarlar tiladi.
Yakuniy natijalarga köra, mazkur sport musobaqalarida ğolib va sovrindorlikni qölga kiritgan jami 126 nafar talaba munosib taqdirlandi.
Viloyat bosqiçida yuqori natijalarga erişgan talabalarga respublika bosqiçida ham muvaffaqiyat tilandi!









