Prezident maktablari tarixida ilk bor 15 nafar öquvçi nufuzli xalqaro mukofotga sazovor böldi
2026-11-11 12:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Uşbu yuksak natijalar öquvçilarning 2026-yil iyun oyida ötkazilgan Pearson Edexcel International GCSE xalqaro imtihonlarida körsatgan bilim va salohiyati asosida qayd etildi.
Quvonarlisi, 10 ta natija jahon miqyosida eng yuqori ball — “Highest Mark in the World” deb e’tirof etildi. Şundan 8 tasi fizika, 2 tasi biologiya fani hissasiga töğri keladi.
Bundan taşqari, 6 ta natija Özbekiston böyiça eng yuqori ball — “Highest Mark in Uzbekistan” nominatsiyasida qayd etildi. Ularning 4 tasi matematika, 2 tasi kimyo fanidan qölga kiritildi.
Ma’lumot uçun, “Outstanding Pearson Learner Awards” mukofoti har yili Pearson Edexcel xalqaro imtihonlarida muayyan fanlar böyiça eng yuqori natijalarni körsatgan öquvçilarga beriladi. Joriy yilda dunyoning 85 ta mamlakatidan 740 ta maktabning 2700 nafardan ortiq öquvçisi uşbu e’tirofga sazovor bölgan. Pearson — Buyuk Britaniyaning yetakçi xalqaro ta’lim kompaniyalaridan biri bölib, uning Edexcel xalqaro ta’lim dasturlari 80 dan ortiq mamlakatda öqitiladi. International GCSE sertifikatlari esa dunyoning köplab nufuzli universitetlari tomonidan tan olinadi.
Bu tarixiy natijalar mamlakatimizda ta’lim sohasini rivojlantiriş, yoş avlodga sifatli ta’lim beriş va iqtidorli yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaşga qaratilayotgan davlat siyosati samarasidir. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning ta’lim sohasiga qaratayotgan yuksak e’tibori, taşabbuslari hamda yoşlar uçun yaratib berilayotgan keng imkoniyatlari tufayli öquvçilarimiz bugun xalqaro maydonda ana şunday yuksak natijalarni qölga kiritmoqda.
15 nafar öquvçining uşbu yönalişda 16 ta xalqaro mukofotga sazovor bölişi Prezident maktablari tarixida ilk bor kuzatilayotgan muhim natijadir. Bu esa mamlakatimiz yoşlarining bilim va salohiyati xalqaro miqyosda ham yuksak e’tirof etilayotganining yaqqol dalilidir.
Kelgusida ham yoşlarimizning xalqaro maydonlarda Özbekiston şarafini munosib himoya qilib, yangi-yangi yutuqlarga erişişlarini tilaymiz!
