10-noyabr kuni navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi
2026-11-09 09:35:00 / Vazirlik yangiliklari
Aksiya munosabati bilan davlat idoralari rahbarlari va xodimlariga shaxsiy transport vositalaridan voz kechish va jamoat transporti, velosiped hamda atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan transport turlaridan foydalanish tavsiya qilinadi.

Shaharlarda ekologik toza transportdan foydalanish havoning ifloslanishini kamaytirish, energiya resurslarini tejash va aholining salomatligini mustahkamlashga yordam beradi. Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan yanada qulay va yashil muhit yaratish mumkin.
“Avtomobilsiz kun” ommaviy aksiyasiga siz ham qo‘shiling!
