Maktabgaça taʼlim sifati va bolalar uçun yaratilgan şart-şaroitlar örganildi
2026-11-07 12:10:00 / Vazirlik yangiliklari
Taʼlim va ilm-fan vaziri örinbosari Mehriniso Pardayeva Navoiy şahridagi 8-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkiloti faoliyati bilan yaqindan tanişdi.

1969-yilda bunyod etilgan mazkur ta’lim muassasasida örganiş jarayonida tarbiyalanuvçilar uçun yaratilgan şart-şaroitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining taşkil etilişi, mavjud moddiy-texnik baza, maşğulotlarda zamonaviy pedagogik yondaşuvlardan foydalaniş hamda bolalarning intellektual, ijodiy va jismoniy rivojlanişini ta’minlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar atrofliça körib çiqildi.
Şuningdek, bolalarning intellektual, ijodiy va jismoniy rivojlanişini taʼminlaş, yoş xususiyatlari va ehtiyojlaridan kelib çiqib, ular uçun qulay, xavfsiz va rivojlantiruvçi muhit yaratiş borasidagi işlar bilan tanişildi.
Örganiş yakunida taʼlim-tarbiya sifatini yanada oşiriş, mavjud şart-şaroitlarni takomillaştiriş hamda tarbiyalanuvçilar uçun zamonaviy va qulay muhit yaratiş yuzasidan tavsiyalar bildirildi. Masʼullarga kelgusida amalga oşirilişi lozim bölgan ustuvor vazifalar böyiça tegişli körsatmalar berildi.






