VAZIR ÖRINBOSARI NAVOIY ŞAHRIDAGI MAKTAB FAOLIYATI BILAN TANIŞDI
2026-11-06 21:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Maktabda taşkil etilgan fan, sport va ijodiy tögaraklar faoliyati, öquvçilarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, ularning qiziqiş va qobiliyatlarini rivojlantirişga qaratilgan maşğulotlarga alohida eʼtibor qaratildi.
Şuningdek, öquv-amaliyot xonalari, ularning moddiy-texnik taʼminoti hamda taʼlim jarayonida foydalaniş samaradorligi közdan keçirildi.
Örganiş jarayonida öquvçilar va pedagoglar bilan muloqot ötkazilib, ularning fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi. Xususan, öquvçilarning qiziqişlari, tögaraklardagi iştiroki, taʼlim oliş imkoniyatlari hamda pedagoglarning kasbiy faoliyati bilan boğliq masalalar muhokama qilindi.
Örganiş yakunida taʼlim sifatini oşiriş, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş, tögaraklar faoliyatini takomillaştiriş va öquvçilarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş yuzasidan masʼullarga tegişli tavsiya va topşiriqlar berildi.






