Oliy taʼlimdagi dolzarb masalalar va ularning yeçimlari muhokama qilindi
2026-11-06 19:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Taʼlim sifatini oşirişga alohida eʼtibor qaratildi. Öquv dasturlarini mehnat bozori talablariga moslaştiriş, talabalarning amaliy könikmalarini rivojlantiriş, pedagoglar malakasi va darslar sifatini oşiriş zarurligi taʼkidlandi. Bitiruvçilarning işga joylaşişi taʼlim natijadorligini baholaşda muhim mezon ekani qayd etildi.
Taqdim etilgan maʼlumotlarga köra, davlat oliygohlarining 2026-yilgi bitiruvçilaridan 13,8 ming nafari band emas. Şu munosabat bilan iş beruvçilar bilan hamkorlikni kuçaytiriş, kadrlar tayyorlaşda iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlarini hisobga oliş masalalari muhokama qilindi.
Öquv adabiyotlari taʼminotidagi kamçiliklar ham körib çiqildi. Tahlil qilingan 29,7 mingta öquv adabiyotining 5,5 mingtasi 20 yildan avval çop etilgani, ayrim fanlar böyiça esa adabiyotlar mavjud emasligi qayd etildi. Öquv manbalarini yangilaş va taʼlim dasturlariga muvofiqlaştiriş zarurligi taʼkidlandi.
Talabalar murojaatlarini öz vaqtida hal qiliş va topşiriqlar ijrosini taʼminlaş böyiça rahbarlar masʼuliyatiga eʼtibor qaratildi. Yotoqxonalar qurilişining keçikişi, ijara xonadonlaridagi şaroitlarni örganişdagi kamçiliklar ham muhokama qilindi.
Şuningdek, xorijiy xizmat safarlarining amaliy natijalari, investitsiya va grantlarni jalb qiliş hamda energiya tejamkorligini taʼminlaş masalalari körib çiqildi.
Bir qator oliy taʼlim muassasalaridagi mansabdor şaxslarning lavozimiga loyiqligini örganiş va natijasi böyiça xulosa kiritiş uçun işçi guruh tuziş belgilandi.
Masʼullarga kamçiliklarni belgilangan muddatlarda bartaraf etiş vazifasi yuklatildi. Rektorlarga 15 kun içida talabalar va öqituvçilar uçun qabullar taşkil etiş, ularning muammolarini joyida hal qiliş çoralarini köriş hamda oylik, çoraklik va yillik iş rejalarini şakllantiriş topşirildi.


