Bugun Qarşi davlat texnika universitetida “Kelajak tadbirkori – 2026” kasblar körgazmasi bölib ötdi.
2026-11-05 18:40:00 / Vazirlik yangiliklari

Körgazmada Qaşqadaryo viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari, korxona, taşkilotlar va tadbirkorlik subyektlari iştirok etdi. Iş beruvçilar tomonidan mavjud böş iş örinlari, mutaxassislarga qöyiladigan talablar va işga joylaşiş imkoniyatlari haqida keng maʼlumot berildi.
Körgazma doirasida “Yoşlar kuni” munosabati bilan “Rahbar va yoşlar uçraşuvi” bölib ötdi.
Tadbirda “Özmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” markazi direktori Elmurod Hoşimov va Qarşi davlat texnika universiteti rektori Şerzod Neʼmatov yoşlar bilan oçiq muloqot ötkazdilar.
Uçraşuv davomida mamlakatimizda yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning bandligini taʼminlaş, kasb-hunarga öqitiş va tadbirkorlik faoliyatiga kömaklaşişga qaratilgan taşabbuslar haqida söz bordi. Xususan, “Kelajakka qadam” dasturi doirasida yoşlarni kasb-hunarga öqitiş va ularning biznes ğoyalarini moliyalaştiriş tizimi talabalarga batafsil tuşuntirildi.
Uçraşuv yakunida öz tadbirkorlik faoliyatini boşlaş istagida bölgan bitiruvçi yoşlarning loyihalari maʼqullanib, ularga imtiyozli kredit mablağlari ajratiş uçun vauçerlar topşirildi.
Talabalarning Qarşi şahridagi “Sulton tex group” xususiy korxonasi hamda Xitoyning Jiangsu World Group korporatsiyasi tarkibidagi “FM World” kompaniyasiga sayohati taassurotlarga boy böldi.
Talabalar korxonalarning işlab çiqariş faoliyati, iş jarayonlarini taşkil etiş, zamonaviy texnologiyalardan foydalaniş hamda mahsulot sifatini taʼminlaşga qaratilgan yondaşuvlar bilan tanişdilar. Şuningdek, işlab çiqariş va tadbirkorlik faoliyatini samarali yölga qöyiş, bozor talablarini örganiş, raqobatbardoş mahsulotlar yaratiş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.
Tadbir yakunida faol yoşlarga esdalik sovğalari topşirildi.









