RASMIY MUNOSABAT
2026-11-04 09:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Vazirlik tomonidan mamlakatimizdagi chekka va olis hududlarda joylashgan umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun avtobus qatnovlarini tashkil etish boʻyicha tegishli mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda zarur ishlar olib borilmoqda. Xususan, oʻtgan vaqt davomida:
Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan hamkorlikda Mirishkor tumanidagi 22-, 23-, 24-sonli umumtaʼlim maktablariga;
Samarqand viloyati hokimligi bilan hamkorlikda Kattaqoʻrgʻon tumanidagi 65-, 68-, 76-sonli umumtaʼlim maktablariga, Nurobod tumanidagi 8-, 9-, 10-, 11-, 17-, 20-, 21-, 22-, 23-, 24,- 25-, 32-, 37-, 39-, 43-, 45-sonli umumtaʼlim maktablariga, Payariq tumanidagi 16-, 34-, 35-, 36-, 57-sonli umumtaʼlim maktablariga, Urgut tumanidagi 10-, 60-, 67-sonli umumtaʼlim maktablariga, Paxtachi tumanidagi 28-, 34-sonli umumtaʼlim maktablariga, Narpay tumanidagi 60-sonli umumtaʼlim maktabiga oʻquvchilar uchun bepul avtobus qatnovi joriy etilgan.
Vazirlik tomonidan Samarqand viloyati, Qoʻshrabod tumanidagi olis va chekka hududlarda joylashgan 20 ta (2-, 19-, 2-, 28-, 36-, 40-, 42-, 44-, 50-, 51-, 52-, 55-, 57-, 58-, 59-, 60-, 62-, 79-sonli) umumtaʼlim maktab filiallaridagi 1318 nafar oʻquvchini asosiy maktablarga borib oʻqishi uchun 17 dona avtobus xarid qilingan hamda oʻquvchilarning xavfsiz maktabga kelib-ketishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining tegishli qaroriga muvofiq, oʻquvchilar xavfsizligini taʼminlash maqsadida, Jizzax viloyatidagi 15 ta maktabga mikroavtobuslar xarid qilindi hamda mazkur mikroavtobuslar viloyatning Gʻallaorol, Baxmal, Forish, Zomin, Paxtakor, Sharof Rashidov tumanlaridagi olis va chekka hududlarida istiqomat qilayotgan oʻquvchilarning maktablarga xavfsiz qatnashiga xizmat qilmoqda.
Izoh: olis va chekka hududlardagi umumtaʼlim maktablari va maktab filiallari oʻquvchilari uchun transport ehtiyojini aniqlash, zarur hollarda mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan avtobus va mikroavtobuslar xarid qilish yoki autsorsing asosida transport xizmatlarini tashkil etish masalalari mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda, mahalliy hokimliklar mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
