Nukus şahrida Abu Rayhon Beruniy nomidagi III xalqaro Beruniy olimpiadasi (ARBIÇO 2026)ning tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi
2026-11-04 16:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi raisi Amanbay Örinbayev, Ta’lim va ilm-fan vazirligi huzuridagi Ixtisoslaştirilgan ta’lim muassasalari agentligi, Fan olimpiadalari markazi mas’ul xodimlari, olimpiada iştirokçilari qatnaşdi.

Yurtimizda uçinçi bor ötkazilayotgan mazkur xalqaro olimpiadada Ozarbayjon, Kosta-Rika, Gruziya, Isroil, Iordaniya, Qozoğiston, Qirğiziston, Malayziya, Möğuliston, Qatar, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Tojikiston, Tailand, Turkiya, Turkmaniston davlatlaridan kelgan hamda Özbekiston vakillaridan iborat eng iqtidorli öquvçi-yoşlar kimyo fanidan özaro bellashadilar.
Jarayonlar joriy yilning 5–6-noyabr kunlari ötkaziladi va olimpiada topşiriqlari xalqaro olimpiada standartlari asosida baholanadi.
Mazkur nufuzli ilmiy musobaqaga xorijiy davlatlardan yuqori malakali xalqaro ekspertlar, yetuk olimlar hamda professorlar jalb etilgan.
Olimpiada sönggida ğoliblar taşkilotçilar tomonidan oltin, kumuş, bronza medallari bilan taqdirlanadi.









