Surxondaryoda “Kitobxonlik festivali” bölib ötdi
2026-10-31 12:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Kitob mutolaasini keng targ‘ib qilish va yoshlarning adabiyotga qiziqishini oshirishga qaratilgan tadbirda ta’lim sohasi mas’ullari, hududiy bolalar kutubxonalari vakillari, kitobsevar o‘quvchilar va ota-onalar ishtirok etdi.
Festival doirasida “Eng kitobxon maktab”, “Eng faol kitobxon o‘quvchi”, “Ijodkor bolalar”, “Eng kitobxon oila” hamda “Eng faol kutubxonachi” ko‘rik-tanlovlari g‘oliblari taqdirlandi.
“Ijodkor bolalar” — Termiz tumanidagi 8-sonli maktabning 11-sinf o‘quvchisi Muxammadiyeva Umida.
“Eng faol kitobxon maktab” — Qumqo‘rg‘on tumanidagi 70-sonli maktabning “Zukko kitobxon” jamoasi.
“Eng faol kutubxonachi” — Sherobod tumanidagi 36-sonli maktab kutubxonachisi Normamatova Ruxiya.
“Eng faol kitobxon o‘quvchi” — Oltinsoy tumanidagi 20-sonli maktabning 10-sinf o‘quvchisi Shaymardonova Latofat.
Shuningdek, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularni mutolaaga keng jalb etish va maktab kutubxonalari faoliyatini jonlantirishda tashabbus ko‘rsatayotgan bir guruh kutubxonachilar ham munosib rag‘batlantirildi.
Mazkur tanlovlarga viloyat bo‘yicha 190 mingga yaqin o‘quvchi jalb etilib, 12 nafar g‘olib o‘quvchi munosib rag‘batlantirildi.
Festival davomida namoyish etilgan badiiy chiqishlar va kuy-qo‘shiqlar tadbirga bayramona ruh bag‘ishladi.









