Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi doirasida parallel sessiyalar ötkazildi
2026-10-28 16:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Birinçi sessiya “Fan, innovatsiyalar va qöşma ilmiy tadqiqotlar” mavzusiga bağişlandi. Unda Markaziy Osiyo universitetlari örtasida ilmiy hamkorlikni mustahkamlaş, qöşma ilmiy-tadqiqot loyihalarini işlab çiqiş, akademik va ilmiy aloqalar tarmoğini kengaytiriş hamda istiqbolli innovatsion yönalişlarda şeriklikni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi. Asosiy e’tibor ilmiy salohiyatni birlaştiriş va tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etiş imkoniyatlariga qaratildi.
Ikkinçi sessiya “Oliy ta’limda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” mavzusida ötdi. Sessiya davomida oliy ta’lim tizimida raqamli transformatsiya jarayonlari va sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalaniş masalalari körib çiqildi. Jumladan, sun’iy intellektga asoslangan ta’lim vositalarini joriy etiş, raqamli platformalar imkoniyatlaridan foydalaniş, oliy ta’lim taşkilotlari faoliyatini raqamlaştiriş hamda yangi texnologik muhitda talab etiladigan kompetensiyalarni şakllantiriş yuzasidan fikr almaşildi.
Uçinçi sessiya “Ta’lim sifati, akkreditatsiya va xalqaro reytinglar” mavzusiga bağişlandi. Unda oliy ta’lim sifatini oşiriş, akkreditatsiya mexanizmlarini takomillaştiriş, ta’lim sifatini ta’minlaşning samarali tizimlarini rivojlantiriş hamda universitetlar faoliyati natijadorligini oşiriş masalalari muhokama qilindi. Şuningdek, Markaziy Osiyo universitetlarining xalqaro reytinglardagi mavqeyini mustahkamlaş, nufuzi va raqobatbardoşligini oşirişga qaratilgan yondaşuvlar körib çiqildi.









