NamDTU va Vengriya kompaniyasi örtasida 1 million dollarlik şartnoma imzolandi
2026-10-28 10:35:00 / Vazirlik yangiliklari

2025-yilda Innovatsion rivojlaniş agentligi delegatsiyasining Vengriyaga taşrifi doirasida “GeoGold Kárpátia” kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolangan edi.
“Innoweek-2026” doirasida imzolangan uşbu şartnoma mazkur memorandum doirasida olib borilgan muzokaralar va hamkorlikning amaliy natijasi böldi.
Şartnomada “Farğona vodiysida yerosti suvlarini boşqariş” loyihasi doirasida yerosti suv resurslarini monitoring qiliş uçun raqamli mini-stansiyalar işlab çiqiş va işlab çiqariş közda tutilgan. Şartnomaga muvofiq, jami 245 ta raqamli mini-stansiya işlab çiqilib, işlab çiqariladi.
Loyiha doirasida mini-stansiyalarning texnik dizaynini yaratiş, dasturiy ta’minotini işlab çiqiş, tajriba namunalarini tayyorlaş va sinovdan ötkaziş, şuningdek, ularni bosqiçma-bosqiç işlab çiqariş rejalaştirilgan.
Şartnomaning umumiy qiymati 1 million AQŞ dollarini taşkil etib, loyiha 5 yil davomida amalga oşirilişi belgilangan.


