Toşkentda Xalqaro ilmiy-fan kengaşining Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mamlakatlari uçun mintaqaviy ofisi oçildi
2026-10-27 14:05:00 / Vazirlik yangiliklari

Oçiliş marosimida Fanlar akademiyasi prezidenti Şavkat Ayupov hamda Xalqaro ilm-fan kengaşi boş ijroçi direktori doktor Salvatore Arico qatnaşdi. Şuningdek, Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mamlakatlari fanlar akademiyalari, ilmiy taşkilotlar hamda xalqaro tuzilmalar vakillari iştirok etdilar.
Mintaqaviy ofisning Toşkentda oçilişi avvalo, Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz ilmiy hamjamiyatining Xalqaro ilm-fan kengaşi bilan hamkorligini mustahkamlaş, mintaqa olimlarining xalqaro ilmiy jarayonlardagi iştirokini kengaytiriş va umumiy muammolarni birgalikda örganiş uçun institutsional imkoniyat yaratilayotganini anglatadi. Ya’ni, ofis alohida mamlakatlar yoki ilmiy taşkilotlar doirasida amalga oşirilayotgan taşabbuslarni özaro boğlaş, tajriba almaşiş va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirişga xizmat qilişi kutilmoqda.
Uşbu hamkorlik, ayniqsa, iqlim özgarişi, suv resurslaridan oqilona foydalaniş, ekologik barqarorlik va boşqa transçegaraviy masalalarni ilmiy asosda örganişda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday muammolar bir mamlakat doirasidagina hal etilmaydi, ular böyiça ilmiy ma’lumotlar almaşiş, turli soha mutaxassislarini birlaştiriş va qöşma tadqiqotlar olib boriş zarur. Mintaqaviy ofis ana şunday hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş uçun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Ofis faoliyatining yana bir muhim jihati mintaqadagi olimlar, ilmiy taşkilotlar va xalqaro ilmiy tarmoqlar örtasidagi aloqalarni kengaytirişdir. Bu qöşma tadqiqot taşabbuslarini ilgari suriş, xalqaro ilmiy kun tartibida mintaqa manfaatlari va ilmiy salohiyatini namoyon etiş, şuningdek, ilmiy bilimlardan barqaror rivojlaniş yölida samarali foydalanişga kömaklaşişi mumkin.
Özbekiston uçun bu taşabbusning ahamiyati mamlakat ilm-fanining xalqaro hamkorlik tizimidagi aloqalarini mustahkamlaş, mahalliy ilmiy taşkilotlarning mintaqaviy va global ilmiy jarayonlarda faolroq iştirok etişi uçun şaroit yaratiş bilan belgilanadi. Toşkentda mintaqaviy ofisning oçilişi Özbekistonning ilmiy muloqot va hamkorlik uçun muhim maydon sifatidagi rolini kuçaytiriş imkonini ham beradi.
Şu ma’noda, ISC mintaqaviy ofisining iş boşlaşi şunçaki yangi tuzilmaning oçilişi emas. Bu mintaqa olimlarini umumiy maqsadlar atrofida birlaştiriş, ilmiy hamkorlikni tizimli rivojlantiriş va ilm-fanning jamiyat taraqqiyotidagi amaliy ahamiyatini oşirişga qaratilgan yangi imkoniyatdir.


