Germaniya–Markaziy Osiyo ilmiy-innovatsion konferensiyasi ötkazildi
2026-10-27 14:20:00 / Vazirlik yangiliklari

Konferensiyani Innovatsion rivojlaniş agentligi direktorining örinbosari Javlonbek Abdujalilov oçib berdi.
Tadbirda Germaniya va Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasidagi ilmiy-texnologik hamkorlikning strategik istiqbollari, qöşma loyihalarni qöllab-quvvatlaş hamda ilmiy işlanmalarni amaliyotga tatbiq etiş imkoniyatlari muhokama qilindi.
Tadbirning oçiliş qismida Innovatsion rivojlaniş agentligi va CASIB vakillari sözga çiqib, mintaqalar örtasida ilmiy va innovatsion aloqalarni mustahkamlaş, yangi hamkorlik yönalişlarini yölga qöyiş hamda istiqbolli loyihalarni rivojlantiriş masalalariga e’tibor qaratdi.
Konferensiya sessiyalarida sanoatni modernizatsiya qilişda raqamli iqtisodiyotning örni, ilğor işlab çiqariş texnologiyalari, avtomatlaştiriş, sun’iy intellekt va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan sanoat korxonalari örtasidagi hamkorlik masalalari körib çiqildi. Şuningdek, yaşil energetika, qayta tiklanuvçi energiya manbalari, energiya samaradorligi, aqlli mobillik, logistika, barqaror infratuzilma va texnologiyalar transferi yönalişlarida hamkorlik imkoniyatlari muhokama etildi.
Tadbir davomida GIZ vakillari Germaniya va Yevropadagi hamkorlik hamda moliyalaştiriş imkoniyatlari, jumladan, qöşma loyihalarni qöllab-quvvatlaş mexanizmlari haqida ma’lumot berdi. Bu esa ilmiy taşkilotlar, oliy ta’lim muassasalari va innovatsion loyihalar taşabbuskorlari uçun xalqaro hamkorlikni kengaytiriş imkoniyatlarini körib çiqişga zamin yaratdi.
Konferensiyada CASIB rahbari Peter Liebelt, Özbekistondagi Yevropa Ittifoqi delegatsiyasining GIZ dasturi menejeri Dr. Caroline Milow, Hannover universiteti professori, Germaniyaning DFG Senati Prof. Dr. Georg Guggenberger, Germaniyaning Gannover Leybnits universiteti professori Dr. Olga Şibistova, Toşkent xalqaro Vestminister unibersiteti dekan örinbosari Dr. Nilufar Raşitova, DFG vakillari Dr. Elisa Braeckevelt va Meçthild Köhlerlar, şuningdek, TIIAME milliy tadqiqot universitetidan Dr. Javlonbek Işçanovlar iştirok etdi. Tadbirga Peter Liebelt moderatorlik qildi.
Konferensiyada Germaniya va Özbekiston qöşma loyihalari tanlovlari iştirokçilari, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillaridan iborat 100 nafardan ortiq iştirokçi qatnaşdi.
Mazkur uçraşuv Germaniya va Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasida ilmiy-innovatsion hamkorlikni mustahkamlaş, sanoat va ilm-fan integratsiyasini rivojlantiriş, ilğor texnologiyalar almaşinuvini kengaytiriş hamda istiqbolli qöşma loyihalar uçun yangi aloqalarni yölga qöyişga xizmat qildi.









