Akademik Amanulla Qodirovning 85 yillik yubileyiga bağişlangan xalqaro konferensiya bölib ötdi
2026-10-27 08:30:00 / Vazirlik yangiliklari
Toşkent davlat texnika universitetida texnika fanlari doktori, professor, akademik Amanulla Azizoviç Qodirovning 85 yillik yubileyiga bağişlangan “Innovatsiya–2026” XXX xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi taşkil etildi.

Tadbirda Taʼlim va ilm-fan vazirining örinbosari Sanjar Mirzaliyev, universitet rektori, akademik Sadriddin Turobjonov, vazirlik va idoralar vakillari, oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, professor-öqituvçilar hamda talabalar qatnaşdi.
1996-yilda akademik A. A. Qodirov taşabbusi bilan taşkil etilgan konferensiya bu yil 30 yillik faoliyatini nişonlamoqda. Yillar davomida mazkur ilmiy anjuman olimlar va mutaxassislar uçun tajriba almaşiş, yangi ğoyalarni muhokama qiliş hamda innovatsion yeçimlarni ilgari suriş maydoniga aylandi.
Anjuman davomida akademik Amanulla Qodirovning ilmiy-pedagogik faoliyati va mamlakatimiz ilm-fani rivojiga qöşgan hissasi alohida eʼtirof etildi. Olim rahbarligida 142 dan ortiq ilmiy-texnik loyiha amalga oşirilgan. Şuningdek, u 21 ta monografiya va 200 dan ortiq ilmiy naşr muallifidir.
Konferensiya doirasida sunʼiy intellekt, raqamlaştiriş, energetika, toğ-kon va metallurgiya sanoati hamda avtomatlaştirilgan boşqaruv tizimlariga oid maʼruzalar tinglanib, sohalarning istiqbollari yuzasidan fikr almaşildi.
Tadbir yakunida akademik Amanulla Azizoviç Qodirovga Taʼlim va ilm-fan vazirligining “Oliy taʼlim aʼloçisi” kökrak nişoni topşirildi. Şuningdek, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ Boşqaruv raisi - Boş direktori Quvondiq Sanaqulov ham yoş mutaxassislarni tayyorlaşga qöşgan munosib hissasi uçun kökrak nişoni bilan taqdirlandi.









