Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim taşkilotlariga kiriş imtihonlari uçun ruxsatnomalar eʼlon qilindi
2026-10-24 14:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim taşkilotlari hamda ularning filiallariga ajratilgan 1 420 ta, şuningdek, qoraqalpoğistonlik yoşlarga xorijiy va nodavlat oliy taʼlim taşkilotlari hamda ularning filiallariga ajratilgan 200 ta maqsadli kvota uçun bölib ötadigan imtihonlarga ruxsatnomalar eʼlon qilindi.

Test sinovlari 2026-yil 28-oktabr (çorşanba) kuni bölib ötadi.
Test sinovida iştirok etuvçi talabgorlar test sinovlarida iştirok etiş uçun ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidagi şaxsiy kabinetlari orqali yuklab olişlari mumkin.
Ruxsatnomada test sinovi ötkaziladigan sana, manzil va vaqt körsatilgan bölib, talabgorlardan test sinovlariga ruxsatnomada körsatilgan vaqtdan keçikmagan holda kelişi söraladi.
Talabgorlar test sinovlari bölib ötadigan binoga şaxsini tasdiqlovçi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.
Talabgorlardan imtihonga ortiqça buyumlar (elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv qurollari, içimlik, ovqat, şaxsiy buyumlar va boşqalar) olib kelmaslik söraladi.
