RASMIY MUNOSABAT
2026-10-24 10:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Amaldagi qonunçilikka muvofiq, Özbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgorlar tanlovning respublika bosqiçida "Axborot texnologiyalari", "Özbekiston tarixi" va "Xorijiy tillar" fanlaridan Bilim va malakalarni baholaş agentligida (hududlar böyiça) maxsus test sinovlarini topşirişlari belgilangan.
Qarorda test sinovlari böyiça ötiş balining quyi çegarasi töplaş mumkin bölgan eng yuqori ballning 55 foizi etib belgilangan bölib, uşbu çegaradan past ball töplagan yoki test sinovlarida iştirok etmagan talabgorlar Özbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga tavsiya etilmasligi belgilangan.
Uşbu qarorga muvofiq, 2026-yilning 10-oktabr kuni 2026/2027-öquv yili uçun Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovining respublika bosqiçiga tavsiya etilgan talabgorlar uçun Bilim va malakalarni baholaş agentligi tomonidan hududlar kesimida belgilangan fanlardan test sinovlari ötkazildi. Mazkur test sinovlarida jami 1 460 nafar talabgor iştirok etdi.
Test sinovlari natijalaridan norozi bölgan talabgorlardan vazirlikning “my.edu.uz” elektron tizimidagi şaxsiy kabinetlari orqali apellyatsiya arizalari qabul qilingan. Har bir apellyatsiya arizasida keltirilgan eʼtirozlar va ularga asos bölgan test savollari apellyatsiya komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda körib çiqiladi. Eʼtirozlar asosli deb topilgan taqdirda, tegişli apellyatsiya arizalari qanoatlantiriladi. Körib çiqiş natijalari böyiça tegişli maʼlumotlar talabgorlarning “my.edu.uz” elektron tizimidagi şaxsiy kabinetlari orqali maʼlum qilinadi.
Vazirlik Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovlarini belgilangan talablar asosida taşkil etiş, talabgorlarning murojaatlarini xolisona körib çiqiş hamda tanlov jarayonining şaffofligini taʼminlaydi.
Talabalardan rasmiy xabarlarni faqat vazirlikning rasmiy sayti va “my.edu.uz” elektron tizimidagi şaxsiy kabinetlari orqali kuzatib borişlarini söraymiz.
