Aşxobodda ta’lim sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi
2026-10-24 12:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Turkmanistonning Aşxobod şahrida bölib ötayotgan Markaziy Osiyo va Möğuliston davlatlari ta’lim vazirlarining davra suhbati doirasida Ta’lim va ilm-fan vaziri örinbosari Ilhom Siradjev qator ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazdi.

Xususan, Turkmaniston ta’lim vaziri Jumamirat Gurbangeldiyev, Tojikiston ta’lim va ilm-fan vaziri Rahim Saidzoda hamda Qirğiz Respublikasi maorif vaziri örinbosari Nadira Jusupbekova bilan muzokaralar bölib ötdi.
Uçraşuvlarda davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli mamlakatlarimiz örtasida döstlik, yaxşi qöşniçilik va strategik hamkorlik munosabatlari yangi bosqiçga kötarilgani ta’kidlandi.
Asosiy e’tibor ta’lim sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantiriş, özaro tajriba almaşiş, ta’lim sifatini oşiriş hamda qöşma taşabbuslarni amalga oşiriş orqali mamlakatlarimiz örtasidagi döstona va hamkorlik aloqalarini mustahkamlaş masalalariga qaratildi.


