Asosiy olimpiadaning tuman (şahar) bosqiçi davom etmoqda
2026-10-23 14:00:00 / Vazirlik yangiliklari

4 bosqiçda bölib ötadigan uşbu olimpiada umumiy örta ta’lim maktablari, akademik litseylar va kasbiy ta’lim taşkilotlari öquvçilari örtasida ötkaziladigan, iqtidorli yoşlarni aniqlaş, ularning fanlar böyiça bilim va salohiyatini baholaşga qaratilgan
respublika miqyosidagi fan olimpiadasi hisoblanadi.
Bugun barcha tuman (shahar)larda qoraqalpoq, tojik va nemis tili fanlaridan sinov jarayonlari ötkazilmoqda. Test natijalariga köra, fanlar kesimida 3 nafardan ğolib aniqlanadi va ular uçinçi — hududiy bosqiçida iştirok etiş uçun yöllanmani qölga kiritadi.
Şuningdek, olimpiadaning hududiy va Respublika bosqiçlarda ğoliblikni qölga kiritgan öquvçilar pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Xususan, Respublika bosqiçida 1-örinni egallagan öquvçiga — bazaviy hisoblaş miqdorining 12 baravari, 2-örin uçun 8 barobari va 3-örin sohiblariga BHMning 6 barobari miqdorida pul mukofotlari beriladi.
Respublika bosqiçi ğoliblari davlat oliy ta'lim muassasalariga kiriş uçun ixtisoslik fani böyiça imtihonlarida maksimal ballni qölga kiritişadi.





