Islohotning natijasi pedagogning kundalik işida sezilişi kerak!
2026-10-23 12:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Tarbiyaçi va öqituvçining vaqti — bolaning haqqi. Qaror va meʼyorlar pedagogning işini yengillaştirişi, taʼlim-tarbiyaga köproq vaqt ajratişiga xizmat qilişi zarur.

Şu maqsadda Taʼlim va ilm-fan vaziri tomonidan şakllantirilgan işçi guruh Samarqand viloyatidagi boğça va maktablarda qarorlar, buyruqlar hamda meʼyoriy hujjatlarning amalda qanday işlayotganini örgandi.
Qaysi talab ortiqça vaqt olyapti? Qaysi tartib kundalik işni qiyinlaştiryapti? Nimani soddalaştiriş kerak? Bu masalalar bevosita tarbiyaçilar, öqituvçilar va masʼullar bilan muhokama qilindi. Bolalarning ovqatlanişi, tibbiy xizmat va sanitariya-gigiyena talablarining ijrosi ham körib çiqildi.
Vazir har bir meʼyoriy hujjatni amaliyotçilar bilan birga körib çiqib, takliflar tayyorlaşga körsatma berdi.
Maqsad — pedagogning taşvişini kamaytiriş, mehnatini qadrlaş va bolaga köproq eʼtibor qaratişi uçun şaroit yaratiş.


