Yangi özbek alifbosi — tilimiz taraqqiyoti va taʼlim sifati yölida muhim qadam
2026-10-23 12:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Unda alifbo islohotining taʼlim tizimi, yoşlar savodxonligi va özbek tilining zamonaviy axborot makonidagi örni uçun ahamiyati alohida taʼkidlandi.
Prezident Administratsiyasi rahbari qayd etganidek, yozuvdagi noqulayliklarni bartaraf etiş va tilimizning raqamli makondagi mavqeyini mustahkamlaş uşbu islohotning muhim maqsadlaridan biridir.
Vazirlik tizimida mazkur yönalişdagi işlarni izçil taşkil etiş, taʼlim muassasalarida yozuv meʼyorlarini bir xilda qöllaş hamda özbek tilining nufuzini oşirişga qaratilgan çora-tadbirlarni amalga oşiriş muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadbirda takomillaştirilgan alifbo olti oydan söng kuçga kirişi, şu muddatgaça esa undan muloqot vositasi sifatida foydalaniş mumkinligi taʼkidlandi.
Şuningdek, yangi alifboni bosqiçma-bosqiç joriy etiş, taʼlim jarayonida savodxonlikni oşiriş hamda özbek tilining zamonaviy axborot makonidagi örnini mustahkamlaş muhimligi qayd etildi.






