Xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat granti ajratildi.
2024-10-07 10:10:00 / Vazirlik yangiliklari

Vatandoshlar uchun davlat grantlariga o‘tkaziladigan tanlovlarda ishtirok etish uchun talabgorlarga quyidagi talablar belgilanadi:
a)shaxsini tasdiqlovchi xujjatlar asosida o‘zi yoki ota-onasi yoxud bobomomosi;
etnik, til va madaniy-tarixiy nuqtayi nazardan o‘zini o‘zbek yoki qoraqalpoq sifatida identifikatsiya qilgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi;
O‘zbekiston hududida tug‘ilib, istiqomat qilgan, biroq, hozirda xorijda doimiy istiqomat qilayotgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxs bo'lishi;
b) xorijiy fuqaro sifatida yuqorida qayd etilgan ro‘yxatdagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tib, suhbat natijalariga ko‘ra talabalikka tavsiya etilgan bo‘lishi;
v) 30 yoshga to‘lmagan bo‘lishi;
g) o‘zbek tilini bilishi lozim.
Vatandoshlar uchun taqdim etiladigan davlat grantlariga talabgorlardan tegishli oliy ta’lim muassasalar tomonidan 2024-yil 20-oktyabr kuniga qadar arizalar qabul qilinadi.
Maxsus tanlovlar talabgorlar tomonidan tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga kirish fanlaridan o‘tkaziladi. Bunda fanlar majmuasiga ko‘ra:
a) kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon mavjud bakalavriat ta‘lim yo‘nalishlari uchun tanlangan oliy ta’lim muassasasi tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi;
natijalari oliy ta’lim muassasalari tomonidan taqdim etilgan talabgorlar uchun Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan test sinovlari o‘tkaziladi;
b) kirish imtihonlari test shaklidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan test sinovlari o‘tkaziladi.
Maxsus tanlovlar natijalariga ko‘ra ballar ketma-ketligi bo‘yicha eng yuqori natija qayd etgan talabgorlar tanlov yo‘nalishlari kesimidagi o‘rinlarga muvofiq davlat granti sovrindori hisoblanadi.
O‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at va hunarmandchilik yo‘nalishlari mavjud oliygohlar roʻyxati
|
1. |
Buxoro davlat pedagogika instituti |
|
2. |
Buxoro davlat universiteti |
|
3. |
Chirchiq davlat pedagogika universiteti |
|
4. |
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti |
|
5. |
Fargʻona davlat universiteti |
|
6. |
Guliston davlat pedagogika instituti |
|
7. |
Guliston davlat universiteti |
|
8. |
Jizzax davlat pedagogika universiteti |
|
9. |
Milliy rassomlik va dizayn instituti |
|
10. |
Namangan davlat pedagogika instituti |
|
11. |
Namangan davlat universiteti |
|
12. |
Navoiy davlat pedagogika instituti |
|
13. |
Nukus davlat pedagogika instituti |
|
14. |
Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti |
|
15. |
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi |
|
16. |
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali |
|
17. |
Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti |
|
18. |
Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Nukus filiali |
|
19. |
Oʻzbekiston Milliy universiteti |
|
20. |
Oʻzbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti |
|
21. |
Qarshi davlat universiteti |
|
22. |
Qoʻqon davlat pedagogika instituti |
|
23. |
Qoraqalpoq davlat universiteti |
|
24. |
Samarqand davlat chet tillar instituti |
|
25. |
Samarqand davlat universiteti |
|
26. |
Samarqand davlat universiteti Kattaqoʻrgʻon filiali |
|
27. |
Samarqand davlat universiteti Urgut filiali |
|
28. |
Shahrisabz davlat pedagogika instituti |
|
29. |
Termiz davlat pedagogika instituti |
|
30. |
Termiz davlat universiteti |
|
31. |
Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti |
|
32. |
Toshkent davlat pedagogika universiteti |
|
33. |
Urganch davlat pedagogika instituti |
|
34. |
Urganch davlat universiteti |
