O‘zbek tili bayrami — milliy g‘urur, ma’rifat va o‘zlik timsoli!
2026-10-21 11:40:00 / Vazirlik yangiliklari

Shu munosabat bilan Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonida o‘zbek mumtoz adabiyotining buyuk namoyandasi, o‘zbek adabiy tilining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan mutafakkir va davlat arbobi hazrat Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimi tashkil etildi.
Marosimda Ta’lim va ilm-fan vazirligi jamoasi, soha vakillari, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlari, professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda o‘quvchilar ishtirok etib, ona tilimizga bo‘lgan yuksak hurmat va ehtiromlarini namoyon etdilar.
Bayram tadbiri o‘zbek tilining ko‘p asrlik taraqqiyot yo‘li, uning milliy madaniyatimiz, davlatchilik rivojidagi o‘rnini aks ettiruvchi badiiy va she’riy kompozitsiyalar, sahna ko‘rinishlari hamda ijodiy taqdimotlar bilan davom etdi.
Oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tayyorlangan chiqishlarda tilimizning go‘zalligi, so‘z san’atining qudrati, adabiyotimiz namoyandalarining bebaho merosi hamda ona tilining kelajak avlod tarbiyasidagi o‘rni o‘z ifodasini topdi.





