Xorijlik talabalar o‘rtasida o‘zbek tili bo‘yicha respublika olimpiadasi yakunlandi
2026-10-19 16:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Ta’lim va ilm-fan vazirligi tomonidan o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar o‘rtasida o‘zbek tilidan respublika olimpiadasida 46 ta oliy ta’lim tashkilotidan 15 ta xorijiy davlat vakili bo‘lgan 74 nafar talaba ishtirok etdi. Ishtirokchilar leksik-grammatik test, tinglab tushunish, o‘qib tushunish, yozma va og‘zaki nutq yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdi.

🏆Olimpiadaning asosiy yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar:
🥇1-o‘rin: Ahmed Mabroor (Pokiston) – Samarqand davlat universiteti;
🥈2-o‘rin: Khabibullaev Abdurakhmon (Qirg‘iziston) – O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi;
🥉3-o‘rin: Melonova Marguba Marifalievna (Rossiya Federatsiyasi) – Qo‘qon davlat universiteti.
🏆“Til targ‘ibotchiligi” nominatsiyasi g‘oliblari:
🥇1-o‘rin: Akhmad Usman (Pokiston) – Buxoro davlat universiteti;
🥈2-o‘rin: Sadat Nesar Ahmad (Afg‘oniston) – Samarqand davlat tibbiyot universiteti;
🥉3-o‘rin: Shahvej Alam (Hindiston) – Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
G‘olib va sovrindorlar diplomlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.









