Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi: bu haqida 5 FAKT
2026-10-19 11:05:00 / Vazirlik yangiliklari

Unda ishtirok etish uchun yurtimiz bo‘ylab 50 ming nafar o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tdi. Jarayonlar 27-oktabrga qadar davom etadi.
Olimpiada quyidagi fanlar bo‘yicha tashkil etiladi:
1-guruh: Fizika, kimyo, biologiya, matematika, informatika va axborot texnologiyalari;
2-guruh fanlari: tarix, geografiya hamda Davlat va huquq asoslari, Ona tili va adabiyot, shuningdek o‘zbek, qoraqalpoq, rus, ingliz, nemis, fransuz, tojik, qozoq tillari. Testlarni bajarish uchun 1-guruh fanlariga 1 soat 30 daqiqa, 2-guruh fanlariga esa 1 soat vaqt ajratiladi.
Test natijalariga ko‘ra, fanlar kesimida 3 nafardan g‘oliblar aniqlanadi va uchinchi — hududiy bosqichida ishtirok etish uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritadi.
Topshiriqlar 1-guruh hamda 2-guruh fanlarining tarix, davlat va huquq asoslari hamda geografiya bo‘yicha Test topshiriqlari ishtirokchilarning ta'lim tiliga mos ravishda o‘zbek yoki rus tillarida taqdim etiladi. 2-guruhning boshqa fanlari bo‘yicha tarjima qilinmaydi.
Ishtirokchilar olimpiada auditoriyasiga faqat shaxsni tasdiqlovchi hujjat, maktabning maxsus ma'lumotnomasi va ruchka bilan kirishlari lozim.
ESLATMA: Olimpiadaga telefon, ko‘chirma yozuv (shpargalka), ilmiy kalkulyatorlar va gadjetlar olib kirish qati'yan taqiqlanadi.
