O‘zbek tiliga mehr va ehtirom, bilim va ijodkorlik birlashgan tanlovlar: final bosqichlari bo‘lib o‘tdi!
2026-10-16 08:30:00 / Vazirlik yangiliklari

102 ming nafardan ortiq talaba-yoshni qamrab olgan “Til bilimdonlari” respublika tanlovining hal qiluvchi bosqichi Toshkent davlat texnika universiteti mezbonligida o‘tkazildi. Unda hududiy hududiy bosqishlarda saralashlangan 45 nafar eng bilimdon ishtirokchi diktant, test sinovlari va insho yozish shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashdi.
🔹“O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” tanlovining final bosqichi esa Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida bo‘lib o‘tdi. Unda 15 nafar xorijlik talabalar o‘zlarini tanishtiruvchi videoroliklar, o‘zbek tilida esse yozish shartlari bo‘yicha bellashdi. Tanlovning uchinchi – erkin mavzudagi badiiy chiqish sharti bugun o‘tkaziladi.
🏆 Har ikki respublika tanlovining g‘olib va sovrindorlari 16-oktabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bo‘lib o‘tadigan tantanali taqdirlash marosimida e’lon qilinib, munosib rag‘batlantiriladi.






