“Bolalar va yoshlar uchun inson huquqlari ta’lim: gender tenglik, iqlim o‘zgarishi va raqamli inklyuziya” milliy innvoatsion tashabbuslar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda
2026-10-14 20:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Kimlar ishtirok etishi mumkin?
Tanlovda nominatsiyalar bo‘yicha belgilangan mezonlar asosida 30 yoshgacha bo‘lgan barcha shaxslar ishtirok etishi mumkin.

Tanlov nominatsiyalari:
Eng yaxshi o‘quv kursi — maktabgacha ta’lim, maktab, kollej, oliy ta’lim va boshqa ta’lim muassasalari uchun;
Bolalar nigohida — eng yaxshi rasm;
Eng yaxshi videorolik;
Eng yaxshi o‘quv adabiyotlari — bosma yoki elektron;
Eng yaxshi maqola va ommabop maqola;
Eng yaxshi ibtidochi;
Eng yaxshi innovatsion g‘oya muallifi.
Arizalar qabuli: 15-noyabrgacha.
Ishtirok etish uchun talab etiladigan hujjatlar:
Belgilangan namunadagi ariza;
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (ID-karta) nusxasi;
3,5 × 4,5 o‘lchamdagi fotosurat (1 yoki 2 dona).
Hujjatlar elektron shaklda yoki veb-manbaga havola ko‘rinishida taqdim etilishi mumkin.
O‘z g‘oyangiz va tashabbusingiz bilan tanlovda ishtirok eting!
