Bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi — Farg‘onada
2026-10-13 15:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Yarmarka Markaziy bank, Milliy bank, Ta’lim va ilm-fan vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Farg‘ona viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Savdo-sanoat palatasi hamkorligida tashkil etildi.
Tadbirda viloyatdagi 10 ming nafardan ziyod yoshlar va ishsiz fuqarolar ishtirok etdi. Mazkur yarmarkada yoshlar va ish beruvchilar o‘rtasida bevosita muloqot yo‘lga qo‘yilib, ishtirokchilarga bo‘sh ish o‘rinlari, amaliyot dasturlari, zamonaviy kasblarni egallash, tadbirkorlik faoliyatini boshlash hamda startap loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.
Yarmarka yoshlarning kasbiy qiziqishlarini aniqlash, ularning mehnat bozoridagi imkoniyatlarini kengaytirish, ishga joylashishiga ko‘maklashish va istiqbolli biznes g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun muhim maydon vazifasini o‘tamoqda.








