Farg‘onada “Talaba-yugur” ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazildi
2026-10-07 18:25:00 / Vazirlik yangiliklari
Bugun Farg‘ona shahridagi “Istiqlol” o‘yingohi hududida “Talaba-yugur” ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Ommaviy yugurish musobaqasida 6 000 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi.
Ishtirokchilar 3 kilometr masofaga yugurib, o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi va chidamliligini namoyon etdilar.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlari:
Qizlar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin — Sabrinabonu Komilova, Qo‘qon davlat universiteti
🥈 2-o‘rin — Oyshabibi Aminjonova, Farg‘ona davlat universiteti
🥉 3-o‘rin — Muslimaxon Muhammadiyeva, Farg‘ona davlat universiteti
Yigitlar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin — Zikrullo Muhammadjonov, Qo‘qon davlat universiteti
🥈 2-o‘rin — Ruxshod Ma’murov, Farg‘ona davlat universiteti
🥉 3-o‘rin — Hayotbek Ahmedov, Farg‘ona davlat universiteti
G‘olib va sovrindorlarga diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.









