Brifing
2026-10-07 09:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Bugungi brifingimizda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida Prezident va Hukumatning farmon, qaror, farmoyish hamda topshiriqlarida belgilangan vazifalarning joriy yil 3-choragi davomida bajarilish holati va ular doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot beramiz.
Bugungi kunda mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida 1,8 milliondan ziyod talaba tahsil olmoqda. Ularning 1,74 millioni (95%) bakalavriat, 93 ming nafari (5%) magistratura bosqichida ta’lim olmoqda. Talabalarning 55 foizini qizlar, 45 foizini yigitlar tashkil etadi.
Ta’lim shakllari bo‘yicha 1,12 milliondan ortiq talaba (61%) kunduzgi, 493 ming nafari (27%) sirtqi, 108 ming nafari (6%) kechki, 81 mingga yaqini (4%) masofaviy ta’limda o‘qimoqda. Moliyalashtirish manbalari bo‘yicha 177 mingdan ortiq talaba (10%) davlat granti, 1,66 million nafari (90%) to‘lov-kontrakt asosida tahsil olmoqda.
Oliy ta’lim tizimida 50 mingdan ortiq professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Talabalar soni bo‘yicha Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent shahri, Toshkent va Farg‘ona hududlari yetakchilik qilmoqda.
Ta’kidlash joizki, 2026-yilning III choragida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga “Ijro.gov.uz” tizimi orqali Prezident, Prezident Administratsiyasi rahbari hamda Hukumatning jami 411 ta hujjati kelib tushib, ularda 872 ta topshiriq belgilangan.
Shundan Prezident topshiriqlari doirasidagi 594 ta topshiriqning 548 tasi, Prezident Administratsiyasi rahbari topshiriqlarining 153 tasi, Hukumat topshiriqlarining 115 tasi belgilangan muddatda bajarilgan.
Joriy yilning 9 oyida soha bo‘yicha 69,7 mln dollar xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi. Ta’lim xizmatlari eksport hajmi 36,9 mln dollarni tashkil etdi. Hozirda oliygohlarda jami 24 ming nafar xorijiy talaba tahsil olmoqda. Shundan 11 ming nafardan ortig‘i tibbiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan xorijiy fuqarolar hissasiga to‘g‘ri keladi.
9 ta oliygohning 98 ta ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazildi.
Xalqaro nufuzli “QS World University Rankings by Subject 2026” reytingda fan sohalari bo‘yicha 7 ta oliygoh 12 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha dunyoning TOP-1 000 universitetlari ro‘yxatidan joy oldi (o‘tgan yilga nisbatan reytingga kirgan oliygohlar soni 2 taga, fan yo‘nalishlari esa 4 taga oshdi). “THE World University Rankings – 2027” reytingida O‘zbekistondan jami 53 ta oliy ta’lim tashkiloti ishtirok etib, ulardan 8 tasi o‘rin egalladi. Top-1000 talikdan mamlakatimizning 2 ta oliygohi joy oldi.
“Kelajakka qadam” dasturi doirasida Oliygohlarda jami 880 dan ortiq karera kunlari, 1 660 dan ortiq vorkshoplar o‘tkazildi.
Respublika oliygohlari 7 ming nafar bitiruvchilarining biznes g‘oyalari imtiyozli moliyalashtirilib, jami 619,7 mlrddan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi.
4 300 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilari xorijiy davlatlarda malaka oshirish va stajirovka o‘tash uchun yuborildi. O‘quv mashg‘ulotlariga xorijiy davlatlardan 2 420 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilar va soha mutaxassislari jalb qilindi. Oliygohlardan 7 673 nafar va akademik litseylardan 2 079 nafar rahbar va pedagog kadrlar malaka oshirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyasi tanlovi o‘tkazilib, jami 1 706 nafar talabgordan 763 nafari davlat stipendiyasi sovrindorlari aniqlanib, taqdirlandi.
Og‘ir toifadagi 903 ta mahallaning master reja tayyorlash jarayoniga hamkor vazirlik va idoralar bilan jami 43 ta guruhlar shakllantirildi, ushbu guruhlarda ishlash uchun oliygohlarining arxitektura yo‘nalishlaridagi 43 nafar o‘qituvchi hamda 215 nafar talabalar amaliyotchi sifatida biriktirildi.
“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanloviga 208 ta tuman va shahardan 48 566 nafar yosh jalb etildi. Oliygohlarda talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan 35 800 ta ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlar o‘tkazildi.
Misol uchun, talabalar o‘rtasida 17 sport turi bo‘yicha “Universiada” (238 ming), 12 sport turi bo‘yicha “Talabalar ligasi” (312 ming), 5 sport turi bo‘yicha “Besh tashabbus olimpiadasi” (465 ming), 7 sport turi bo‘yicha “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” (157 ming) hamda “Talaba-yugur” (52 ming) yirik va tizimli sport musobaqalari yo‘lga qo‘yilgan.
113 nomda xorijiy adabiyotlar tarjima qilindi va 5 650 nusxada chop etilib, oliy ta’lim tashkilotlariga yetkazildi. 27 nomdagi darslik 3 810 nusxada hamda Brayl yozuvida 11 nomdagi darslik 2 310 nusxada chop etilib, oliy ta’lim tashkilotlariga yetkazildi.
Sun’iy intellekt bo‘yicha Xitoy tajribasi asosida tayyorlangan 3 nomdagi adabiyotlar 30 000 nusxada chop etilib oliygohlarga yetkazildi.
101 nafar yosh olim AQSH, Rossiya, Vengriya, Malayziya va Turkiya davlatlarining yetakchi oliy ta’lim hamda ilmiy tashkilotlariga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborildi.
Davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan
149 ta fundamental tadqiqot loyihalari, 599 ta amaliy tadqiqot loyihalari moliyalashtirildi.
Aholiga ko‘rsatilayotgan elektron davlat xizmatlari ko‘lamini kengaytirish maqsadida 7 ta yangi davlat xizmati amaliyotga joriy etildi va Yagona interaktiv xizmatlari portalida jami xizmatlar soni 26 taga yetdi.
Italiya, Vengriya, Ispaniya, Germaniya, Turkiya, Tojikiston, Qirg‘iziston, Polsha, Xitoy, Slovakiya, Sloveniya va Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan hamkorlikda 12 ta xalqaro ta’lim forumlari o‘tkazildi.
Oliy ta’lim sohasida dual ta’lim, professor-o‘qituvchilar ish hajmi, davlat ta’lim standarti, klassifikator va kasbiy standartlar bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi. Shuningdek, sohani takomillashtirishga qaratilgan 1 ta Prezident Farmoni, 2 ta Prezident qarori va 3 ta Hukumat qarori qabul qilindi.
