Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida davlat-xususiy sheriklik asosida talabalar turar joyini barpo etish loyihasi yuzasidan jamoatchilik muhokamasi e’loni
2026-10-05 11:10:00 / E’lonlar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-sonli qarori qabul qilingan. Mazkur qarorda talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali barpo etish belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.10.2024 yildagi "Davlat-xususiy sheriklik sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 720-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom 11-bandida aholining, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) iste’mol qiluvchilarning, ulardan foydalanuvchilarning manfaatlarini inobatga olish maqsadida vakolatli davlat organining talabiga binoan DXSh loyihasi jamoatchilik muhokamalari bilan birga tayyorlanishi lozimligi qayd etilgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Samarqand davlat universiteti hududida davlat-xususiy sheriklik asosida talabalar turar joyi barpo etish loyihasi (quyidagi ilova qilingan jadvalga qarang) ishlab chiqilayotganligi ma’lum qilinadi.
Loyiha doirasida tadbirkorlik sub’ekti va Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 400 o‘rinli talabalar turar joyi quriladi, Bunda, xususiy sherikka talabalar turar joylarini qurish uchun loyiha-smeta hujjatlari bo‘yicha bir o‘ringa to‘g‘ri keladigan qiymatning 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda subsidiya ajratiladi.
Loyiha doirasida xususiy sherik va budjet mablag‘lari hisobiga qurilgan talabalar turar joyi binosi 30 yildan so‘ng davlat sherigiga soz holda qaytariladi.
Xususiy sherik 30 yil davomida talabalarga yotoq joy xizmatlarini ko‘rsatadi, talabalar turar joyini soz holda saqlash va sifatli xizmat ko‘rsatish xususiy sherik xisobidan amalga oshiriladi. Yotoq joy uchun talabalar tomonidan to‘lanadigan to‘lov miqdori davlat sherigi bilan kelishilgan holda o‘rnatiladi. Loyiha joylashuvi aniq koordinatlari – 39.638229, 66.969910

Mazkur loyiha yuzasidan fikr-mulohazalaringiz mavjud bo‘lgan taqdirda, 2026-yil 12-oktabrga qadar quyidagi elektron manzillarga yuborishingiz mumkin:
1. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti :
Samarqand shahri “Nomozgoh” MFY hududi
Elektron pochta manzili: e-mail:devonxona@samdu.uz
Telefon raqami: (+998) 66-239-10-83
2. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
100095, Toshkent shahri Talabalar ko‘chasi 7-uy.
Elektron pochta manzili: devonxona@edu.uz
Telefon raqami: 55 520-08-08
Samarqand davlat universiteti hududida davlat-xususiy sheriklik asosida talabalar turar joyi binosini loyihalashtirish, qurish, jihozlash, foydalanish, xizmat koʻrsatish va qaytarishni tashkil etish loyihasi toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
|
№ |
Asosiy koʻrsatkichlar |
Maʼlumotlar |
|
1. |
Loyihaning nomi |
Samarqand davlat universiteti hududida davlat-xususiy sheriklik asosida 400 oʻrinli talabalar turar joyi binosini loyihalash, qurish, jihozlash, foydalanish, xizmat koʻrsatish va qaytarishni tashkil etish. |
|
2. |
Loyiha taraflarining nomi: Davlat sherigi:
Xususiy tashabbuskor: |
Samarqand davlat universiteti
“TAKS” MCHJ |
|
3. |
Loyihaning faoliyat yoʻnalishi |
Samarqand davlat universiteti talabalari turar joy bilan taʼminlanadi. |
|
4. |
Loyihaning joylashgan manzili |
Samarqand shahri “Nomozgoh” MFY hududi, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti |
|
5. |
Loyihani amalga oshirish muddati |
1 yil 3 oy. |
|
6. |
Loyihaning amal qilish muddati |
30 yil. |
|
7. |
Isteʼmolchilarga realizatsiya qilinadigan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) tariflari |
Talabalarga turar joyda yashagani uchun oyiga |
|
8. |
Loyihaning umumiy qiymati |
35 516,8 mln soʻm |
|
9. |
Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash hajmi va turlari |
Samarqand davlat universiteti hududidan 0,3 ga yer maydoni vaqtincha foydalanishga beriladi; Vazirlar Mahkamasining 563-sonli qarorining 1(b)-bandiga muvofiq, xususiy sherikka talabalar turar joyini qurish uchun loyiha boʻyicha bitta yotoq oʻrni hisobida talab etiladigan mablagʻning 50 foizi, yaʼni 17,6 mlrd soʻm miqdorda Davlat budjetidan subsidiya ajratiladi. |
