O‘zbekiston va Mog‘uliston o‘rtasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
2026-10-03 15:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Joriy yilning 2-oktabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov va Mog‘ulistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Daadanxuu Batbaatar o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’lim va ilm-fan sohasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, mavjud tashabbuslarni amaliy loyihalarga aylantirish hamda muntazam muloqot mexanizmlarini yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar.









