I Markaziy Osiyo talabalar sporti xalqaro forumi ishtirokchilari Samarqandda
2026-10-02 13:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Mehmonlar universitet faoliyati, ta’lim jarayoni hamda talaba-yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, Butunjahon universitetlar sporti federatsiyasi (FISU) prezidenti Leonz Eder hamda O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari Erkin Qodirov talabalar bilan uchrashib, ochiq muloqot o‘tkazdi. Unda talabalar sportini rivojlantirish, sport sohasidagi imkoniyatlar va xalqaro tajriba almashinuvi haqida fikr yuritildi.
Mehmonlarga universitetning sport infratuzilmasi namoyish etilib, talabalar sportini rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida taqdimot qilindi.
Forum doirasidagi madaniy dasturdan Samarqandning tarixiy obidalari bilan tanishish ham o‘rin oldi. Xususan, delegatsiya Go‘ri Amir maqbarasi, Registon maydoni, Bibixonim masjidi hamda Imom al-Buxoriy majmuasiga bordi.









