Ta’limda sun’iy intellektdan foydalanish masalalari xalqaro anjumanda muhokama qilindi
2026-09-30 17:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tomonidan Rossiya ta’lim akademiyasi, P.M.Masherov nomidagi Vitebsk davlat universiteti, Sankt-Peterburg davlat universiteti hamda Istanbul universiteti bilan hamkorlikda “Ta’limda sun’iy intellektdan foydalanishning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari, mahalliy hamda Rossiya, Xitoy, Turkiya, AQSH, Malayziya va boshqa davlatlarning ta’lim tashkilotlaridan 30 nafardan ortiq olim va mutaxassislar ishtirok etdi.
Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ishini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining maslahatchisi, texnika fanlari doktori, professor Asqarali Daminov ва institut direktori Uzoqboy Begimqulov ochib berdi.
Anjuman davomida oliy ta’limda sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali, maqsadli va mas’uliyatli foydalanish, ta’lim sifatini oshirish, o‘qitish hamda boshqaruv jarayonlarini raqamli transformatsiya qilish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, rahbar va pedagog kadrlarning zamonaviy raqamli hamda sun’iy intellekt kompetensiyalarini rivojlantirish, sun’iy intellektdan foydalanishning pedagogik, metodik, huquqiy va axloqiy jihatlari, akademik halollik tamoyillarini ta’minlash yuzasidan xalqaro tajriba almashildi.
Konferensiya doirasida ta’lim jarayonida sun’iy intellektdan ilmiy asoslangan va mas’uliyatli foydalanishni kengaytirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan takliflar ilgari surildi.







