Ta’lim rivojiga hissa qo‘shgan fidoyilar hamda ustoz va murabbiylar mehnati e’tirof etildi
2026-09-29 18:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov oliy va kasbiy ta’lim tizimida fidokorona mehnat qilib kelayotgan xodimlar, ustoz va murabbiylarni samimiy muborakbod etdi.
Vazir o‘z so‘zida ta’lim sifatini oshirish, malakali kadrlar tayyorlash, ilm-fan salohiyatini yuksaltirish hamda yosh avlodni har tomonlama yetuk etib tarbiyalashda ustoz va murabbiylarning alohida o‘rnini ta’kidladi.
“Pedagoglik kasbi — yuksak mas’uliyat, katta sharaf va el-yurt oldidagi muqaddas burch”, — Qo‘ng‘irotboy Sharipov.
Taqdirlanganlar orasida o‘zining samarali mehnati, boy tajribasi va kasbiy salohiyati bilan ta’lim va ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan professor-o‘qituvchilar, tajribali pedagoglar, olimlar va soha xodimlari bor.
“Oliy ta’lim a’lochisi” va “Kasbiy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishonlari ta’lim tizimi rivojiga qo‘shilayotgan munosib hissa, ko‘p yillik samarali mehnat hamda kasbga sadoqatning e’tirofi sifatida topshirildi.









