“Kelajak muhandislari” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
2026-09-29 12:45:00 / Vazirlik yangiliklari

Bugun Toshkent shahridagi “INNO Technopark”da “Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik-tanlovining mazkur yo‘nalishlari g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov so‘zga chiqib, mamlakatimizda muhandislik ta’limini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarning innovatsion g‘oya va ishlanmalarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
Shuningdek, vazir muhandislik sohasida bilim va ko‘nikmaga ega, amaliy muammolarga zamonaviy yechimlar taklif eta oladigan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash muhimligini qayd etdi.
“Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” tanlovlarining 9 nafar birinchi o‘rin sohibiga BYD Chazor avtomobillari topshirildi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Marosim doirasida “Kelajak muhandislari” dasturining “Muhandis ayol” hamda xorijiy davlatlar









