“ICT Week Uzbekistan 2026”: EʼTIROF
2026-09-24 14:30:00 / Vazirlik yangiliklari
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi “ICT Week Uzbekistan 2026” haftaligi doirasida o‘tkazilgan taqdirlash marosimida “Eng innovatsion davlat xizmati ko‘rsatuvchi tashkilot” nominatsiyasi bo‘yicha e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Mazkur e’tirof vazirlik tomonidan ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohalarida raqamli texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy xizmatlarni rivojlantirish hamda innovatsion yondashuvlarni qo‘llash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning e’tirofi bo‘ldi.
