Sirdaryoda oliy ta’lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
2026-09-23 19:40:00 / Vazirlik yangiliklari
2026-yil 23-sentabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomida oliy ta’lim muassasalarida 2026/2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik hamda energiya resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

Tashrif davomida ta’lim muassasalarining isitish tizimlari, energiya ta’minoti, bino va inshootlarning mavsumga tayyorgarligi holati o‘rganilib, aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Shuningdek, energiya samaradorligini oshirish, energiya resurslarini tejash va iqtisod qilish, muqobil energiya manbalaridan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida oliy ta’lim muassasalari hududlarida daraxt ekish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham ko‘zdan kechirildi. Mas’ullarga hududlarni obodonlashtirish va yashil maydonlarni kengaytirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.









