O‘zbekistonda genderga yo‘naltirilgan byudjetlashtirish rivojlantiriladi
2026-09-23 11:50:00 / Vazirlik yangiliklari

Missiya doirasida:
🔹 GYB sohasidagi islohotlarni amalga oshirish va ularning barqarorligini ta’minlashga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar belgilanmoqda;
🔹 amaldagi davlat dasturlari va tashabbuslari, shuningdek, xalqaro taraqqiyot hamkorlarining loyihalari bilan o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash masalalari muhokama qilinmoqda;
🔹 ustuvor tadbirlar, kutilayotgan natijalar, institutsional mas’uliyat, amalga oshirish muddatlari va mexanizmlarini qamrab olgan amaliy ish rejasi ishlab chiqilmoqda;
🔹 OTBning texnik yordami, davlat tashkilotlari va taraqqiyot hamkorlari o‘rtasida samarali muvofiqlashtirish mexanizmlarini belgilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Loyihaning asosiy maqsadi — O‘zbekistonda genderga yo‘naltirilgan byudjetlashtirish (GYB) va davlat moliyasini boshqarish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash hamda texnik yordam ko‘lamini kelishib olishdan iborat.
Seminar doirasida GYBni pilot tarzda joriy etishning ustuvor yo‘nalishlari, jumladan:
▪️Oliy ta’lim;
▪️bandlik;
▪️ qishloq xo‘jaligi;
▪️transport;
▪️ qurilish;
▪️ suv xo‘jaligi sohalari bo‘yicha hamkorlikning keyingi yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Mazkur missiya O‘zbekistonda davlat byudjetini shakllantirishda gender jihatlarini tizimli hisobga olish, byudjet mablag‘larining ijtimoiy samaradorligini oshirish hamda davlat moliyasini boshqarish sohasidagi islohotlarni xalqaro tajriba asosida qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.


