Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti faoliyatining yangi ustuvor yoʻnalishlari belgilandi
2026-09-19 18:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Shu munosabat bilan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutiga tashrif buyurib, oliy taʼlim muassasalari rahbarlari va institut jamoasi bilan uchrashdi. Uchrashuvda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosari Bayram Otemurаtov ham ishtirok etdi.
Muloqotda Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpogʻistonga tashrifi davomida belgilab berilgan yangi vazifalarni amalga oshirishda oliy taʼlim tashkilotlarining oʻrni alohida taʼkidlandi.
Xususan, hududda qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalarni rivojlantirish, zamonaviy bilim va texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, mehnat bozori talablariga mos kadrlar tayyorlash hamda ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarish bilan uygʻunlashtirishda institut oldida turgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutining ilmiy-taʼlimiy salohiyatidan hudud taraqqiyoti yoʻlida yanada samarali foydalanish boʻyicha taklif va vazifalar belgilab olindi.
Uchrashuv yakunida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrugʻiga asosan Dauletmuratov Muxamedali Mirzamuratovich Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori lavozimiga tayinlandi.









