Gulistonda “Kelajak tadbirkori – 2026” yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda
2026-09-18 11:25:00 / Vazirlik yangiliklari

Tadbirni Sirdaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Faxriddin Kushakov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirishning muhim jihatlariga to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, “O‘zmilliybank” AJ huzuridagi “Kelajakka qadam” markazi direktori Elmurod Hoshimov so‘zga chiqib, yarmarkaning yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishdagi ahamiyati haqida fikr bildirdi.
Yarmarka doirasida Muruvvat va mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari hamda inklyuziv ta’lim muassasalari o‘quvchilari tomonidan qo‘l mehnati bilan tayyorlangan buyumlar ishtirokidagi “Inklyuziv auksion” ham o‘tkazildi.
Tadbir davomida talaba-yoshlar, ish izlayotgan fuqarolar va tadbirkorlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari, amaliyot imkoniyatlari, zamonaviy kasblar hamda biznesni boshlash va rivojlantirish bo‘yicha moliyaviy imkoniyatlar taqdim etilmoqda.
Shuningdek, ishtirokchilar real ish beruvchilar va muvaffaqiyatli tadbirkorlar bilan bevosita uchrashib, ishga joylashish, kasbiy rivojlanish va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha zarur ma’lumot va tavsiyalar olish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.







