Tor soha mutaxassislarini tayyorlashda rezidentura dasturlari joriy etiladi
2026-09-16 11:55:00 / Vazirlik yangiliklari

Bunda:
✔️ rezidenturada tor soha mutaxassislarini tayyorlash davlat tibbiyot ta’lim tashkilotlari va tibbiyot muassasalarida davlat granti asosida amalga oshiriladi;
✔️ 2026/2027 o‘quv yilidan oilaviy tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha rezidentura tashkil etiladi hamda bitiruvchilarga oilaviy shifokor mutaxassisligi beriladi;
📖 2027/2028 o‘quv yilidan boshlab:
➡️ tor soha mutaxassislarini tayyorlash to‘liq rezidentura orqali amalga oshiriladi va ordinaturaga qabul to‘xtatilishi hamda tibbiyot yo‘nalishidagi tor soha mutaxassisliklari bo‘yicha magistraturaga umumiy davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarini qisqartirish hisobiga bo‘shaydigan mablag‘lar mutaxassislarni rezidenturada tayyorlashga yo‘naltiriladi;
➡️ davlat granti asosida rezidenturaga qabul qilingan talabalarga Davlat byudjet mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan 2,15 koeffitsiyent miqdorida stipendiya to‘lanadi;
➡️ rezidentura ta’lim dasturlarini o‘zlashtirganlarga Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi va Milliy malakalar ramkasining 7-darajasiga mos keluvchi ta’lim to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom beriladi.
#Qonunchilik_yangiliklari
❗️ Tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash tizimi tubdan takomillashtiriladi
Prezidentning “Tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2026-yil 10-sentyabrdagi PF–191-son Farmoni qabul qilindi.
🔰 Farmonga ko‘ra, 2027/2028 o‘quv yilidan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tibbiyot ta’limi sohasiga ajratilgan davlat buyurtmasi parametrlari ta’lim yo‘nalishlari kesimida Sog‘liqni saqlash vazirligi (Vazirlik) tomonidan tasdiqlanadi. Bunda:
✅ Aholi salomatligini tahlil qilish ilmiy-tadqiqot markazi tibbiyot va farmatsevtika kadrlariga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojni o‘rganish bo‘yicha asosiy ishchi organ hisoblanadi;
❇️ qabul ko‘rsatkichlari tibbiyot va farmatsevtika kadrlariga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojdan kelib chiqib, hududlar ehtiyoji, tibbiyot tashkilotlarining ehtiyoji hamda tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar yetishmovchiligini hisobga olgan holda shakllantiriladi.
📜 2027/2028 o‘quv yilidan tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim tashkilotlarida:
▪️ davolash ishi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizida “5+1” shaklidagi (bitiruvchi kurs talabalari bir yil to‘liq amaliyot o‘tashi shaklida) 6 yillik umumiy tibbiyot bakalavriat ta’lim yo‘nalishi joriy etiladi;
▪️ amalda davolash ishi bakalavriat ta’lim yo‘nalishining tegishli bosqichlarida tahsil olayotgan talabalarning o‘quv jarayonlari yangi moslashtirilgan o‘quv reja va dasturlar asosida tashkil etiladi;
▪️ umumiy tibbiyot bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari umumiy amaliyot shifokori kvalifikatsiyasiga ega bo‘ladi va ular belgilangan tartibda oilaviy shifokor lavozimida faoliyat yuritishi mumkin bo‘ladi;
▪️ tibbiyot sohasining barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida bitiruvchi kurs talabalari uchun to‘liq o‘quv yili davomida amaliyot o‘tash tizimi joriy etiladi;
▪️ stomatologiya yo‘nalishida talabalarning amaliy mashg‘ulotlarini tashkil etish maqsadida tibbiyot oliy ta’lim muassasalariga stomatologiya poliklinikalari biriktirib beriladi.
#Qonunchilik_yangiliklari
❗️ Tibbiyot xodimlariga har oylik ustamalar to‘lab boriladi
🔰 Farmonga ko‘ra, 2027/2028-o‘quv yilidan boshlab:
➡️ o‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlashning ikki yillik o‘quv dasturlariga qabul bekor qilinadi;
➡️ oliy tibbiy hamrohlik ishi bakalavriat taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlashda rivojlangan xorijiy davlatlarning oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda qo‘shma taʼlim dasturlari joriy etiladi;
➡️ tibbiy hamrohlik ishi mutaxassisligida ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash maqsadida magistratura dasturi yo‘lga qo‘yiladi.
✅2027-yil 1-yanvardan tibbiyot, farmatsevtika va pedagog xodimlarning oylik maoshlariga quyidagi miqdorlarda bazaviy tarif stavkasi yoki lavozim maoshiga nisbatan har oylik ustamalar belgilanadi:
▪️ Bakalavriatni tamomlagan hamshiralar va tibbiyot og‘alariga — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1 baravari;
▪️ Magistraturani tamomlagan hamshiralar va tibbiyot og‘alariga — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2 baravari;
▪️ Oilaviy tibbiyot bo‘yicha rezidenturani tamomlagan oilaviy shifokorlar va shu yo‘nalishda magistraturani tamomlagan pedagog kadrlarga — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 4 baravari.
#Qonunchilik_yangiliklari
❗️ Tibbiyot va farmatsevtika yo‘nalishlariga qabulning minimal chegarasi 60 foiz etib belgilanadi
📜 Farmonga ko‘ra, 2027/2028-o‘quv yilidan tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga, shu jumladan, maqsadli qabul parametrlari doirasida talabalikka qabul qilishning minimal chegarasi kirish imtihonlarida to‘plash lozim bo‘lgan maksimal ballning 60 foizi etib belgilanadi.
🔎 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab tibbiyot va farmatsevtika sohasida bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari, magistratura va rezidentura dasturlarida har bir o‘quv modulining akademik ko‘rsatkichlarini o‘zlashtirishda, shuningdek, davlat imtihonlarida minimal o‘tish ballari shifokor mutaxassisliklari uchun eng yuqori ballning 70 foizi, o‘rta tibbiyot xodimi mutaxassisliklari uchun 60 foizi etib belgilanadi;
📖 2027/2028-o‘quv yilidan boshlab hamshiralik ishi kasbiy taʼlim mutaxassisligi negizida tibbiy hamrohlik ishi mutaxassisligi hamda oliy hamshiralik ishi bakalavriat taʼlim yo‘nalishi negizida oliy tibbiy hamrohlik ishi bakalavriat taʼlim yo‘nalishi joriy etiladi.
📑 Bunda:
➖ tibbiy hamrohlik ishi mutaxassisligi hamda oliy tibbiy hamrohlik ishi bakalavriat taʼlim yo‘nalishini bitirgan xotin-qizlarga hamshira, erkaklarga tibbiyot og‘asi kvalifikatsiyasi beriladi;
➖ oliy tibbiy hamrohlik ishi bakalavriat taʼlim yo‘nalishida davlat buyurtmasi qabul parametrlari 2030/2031-o‘quv yiliga qadar har yili kamida 20 foizga oshirib boriladi.
